O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


  6.2-§. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monetar siyosat


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

 
145 
6.2-§. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monetar siyosat 
Rossiya Federatsiyasi bank tizimining birinchi pog‘onasida Rossiya 
Markaziy banki turadi. 
Rossiya bank tizimining ikkinchi pog‘onasida tijorat banklari 
turadi. 
Rossiya Markaziy banki naqd rublni emissiya qiladi, pul-kredit 
siyosatini ishlab chiqadi, tijorat banklari faoliyatini nazorat qiladi va 
rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini boshqaradi. 
Rossiya 
Markaziy 
bankining 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirishdagi roli uning pul-kredit siyosati orqali namoyon bo‘ladi. 
Rossiya Markaziy banki tomonidan qo‘llanilayotgan inflyatsion 
targetlash rejimida 2017-yilning oxiriga borib, inflyatsiyaning yillik 
darajasini 4 foizga yetkazish maqsadi qo‘yilgan. 2016-yilda amalga 
oshirilgan chora-tadbirlar ushbu maqsadga erishish imkoniyatini yuzaga 
keltirdi. Ya’ni, 2016-yilning yakuniga kelib, Rossiyada inflyatsiyaning 
yililk darajasi 5,4 foizni tashkil qildi. Holbuki, 2015-yil 31-dekabr 
holatiga ko‘ra, Rossiyada inflyatsiyaning yillik darajasi 12,9% bo‘lgan 
edi. 
2016-yilning iyun oyiga kelib, inflyatsiyaning darajasini sezilarli 
darajada pasaytirishga erishilganligi Rossiya Markaziy bankiga qayta 
moliyalash stavkasini pasaytirish imkonini berdi.
Rossiya Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi 2016- 
yilning iyun va sentyabr oylarida 0,5 foizli punktga 2 marta pasaytirildi 
va yilning oxiriga kelib, qayta moliyalash stavkasining yillik darajasi 
10,0 foizni tashkil qildi. 
Rossiya Markaziy banki tomonidan overnayt, overdraft, lombard 
va muddatli kreditlar berish qo‘llanilmoqda.
Qayd etish joizki, Rossiya Markaziy banki tomonidan berilayotgan 
lombardli kreditlar, respublikamiz amaliyotidan farqli o‘laroq, nafaqat 
yuqori likvidli hukumat qimmatli qog‘ozlari bilan, balki reputatsiyasi 
yuqori bo‘lgan Rossiya kompaniyalarining qarz qimmatli qog‘ozlari 


 
146 
bilan ham ta’minlanmoqda. Bu esa, Rossiya Federatsiyasi Markaziy 
bankining lombard kreditlari hajmini oshirishga imkon bermoqda. 
2015-yilda Rossiyada inflyatsiyaning yuqori bo‘lishi rossiya 
rublining qadrsizlanishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Rublning qadrsizlanishi 
hisobiga inflyatsiya darajasi qo‘shimcha 4,5-5,0 foizli punktga oshdi. 
Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalaridan pul-kredit 
siyosatining asosiy instrumenti sifatida foydalanadi. Shunisi xarakterliki, 
Rossiya Markaziy banki ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirishda 
Rossiya 
hukumatining 
qimmatli 
qog‘ozlaridan 
tashqari, 
yirik 
kompaniyalar va banklarning qimmatli qog‘ozlaridan foydalanadi. 
Gazprom, Rosneft, Rosnano kabi yirik kompaniyalarning qimmatli 
qog‘ozlari va Sberbank, Vneshtorgbank, Gazprombank kabi yirik 
banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar Rossiya Markaziy 
banki ochiq bozor operatsiyalarining obyektlari bo‘lib hisoblanadi. 
Xitoy Xalq Respublikasi 1949-yilda tashkil topdi va shu 
munosabat bilan mamlakatda ikki pog‘onali bank tizimi tashkil topdi. 
Birinchi pog‘onada Xitoy Xalq banki turadi va u 1948-yilda tashkil 
etilgan. Xitoy Xalq banki Markaziy bank hisoblanadi. U dastlab tijorat 
banklari funksiyalarini ham bajargan. Ushbu bank emission, depozit, 
hisob-kitob va kassa markazi vazifasini bajarar edi. 
1949-yilda Xitoy bank tizimining ikkkinchi pog‘onasida qishloq 
xo‘jalik kredit kooperativlari turar edi. Chunki, Xitoy kommunistik 
davlat bo‘lganligi sababli 1949-yilda tijorat banklari tashkil etishga 
umuman ruxsat yo‘q edi. 
1954-yilda Xitoy banki, Xitoy Xalq qurilish banki tashkil etildi, 
1955-yilda Xitoy Qishloq xo‘jalik banki tashkil etildi. Ushbu banklar 
faoliyatining mazmuniga ko‘ra Xitoy Xalq bankining bo‘linmalari 
hisoblanar edi. 
Hozirgi davrda Xitoy bank tizimi 2 pog‘onali hisoblanadi. 
Xitoy bank tizimining birinchi pog‘onasida Xitoy Xalq banki, 
uchta siyosiy bank va davlat nazoratida bo‘lgan to‘rtta yirik bank turadi. 
Siyosiy banklar – Davlat taraqqiyot banki, Xitoy qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish banki, Xitoy eksport-import banki. 


 
147 
Davlat nazoratidagi 4 ta yirik bank – Xitoy Savdo-sanoat banki, 
Xitoy banki, Xitoy Qishloq xo‘jaligi banki, Xitoy Xalq qurilish banki. 
Xitoy bank tizimining ikkinchi pog‘onasida aksiyadorlik-tijorat 
banklari va qishloq xo‘jalik kooperativ banklari kiradi. 
Xitoy Xalq banki 1995-yil 18-martda qabul qilingan “Xitoy Xalq 
banki to‘g‘risida”gi qonunga binoan haqiqiy markaziy bank maqomiga 
va vakolatiga ega bo‘ldi. Ya’ni, Markaziy bank aholi va korxonalarga 
moliyaviy xizmatlar ko‘rsatmaydigan bo‘ldi, pul-kredit siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish vakolatiga ega bo‘ldi. 
Xitoy Xalq bankining 9 ta hududiy bo‘linmasi mavjud: Ular 
Shanxay, Nankin, Tyanzin, Tszin, Shenyan, Uxan, Guanchjou, Chendu 
va Sian viloyatlarida joylashgan. 
Xitoy Xalq banki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan 
iborat: 
1. Xitoy Xalq banki milliy valyuta – yuanni emissiya qiladi va 
uning muomalasini tashkil qiladi. 
2. Pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi. 
3. Davlat byudjetining kassa ijrosini amalga oshiradi. 
4. Mamlakatdagi tijorat banklari va nobank kredit institutlari 
faoliyatini nazorat qiladi. 
5. Mamlakatning oltin-valyuta zaxiralarini shakllantiradi va 
boshqaradi. 
6. To‘lov tizimining holati uchun javob beradi. 
Xitoy Xalq banki hozirgi davrda pul-kredit siyosatining quyidagi 
instrumentlaridan foydalanmoqda: 
– majburiy zaxira siyosati; 
– qayta moliyalash siyosati; 
– ochiq bozor siyosati; 
– valyuta siyosati. 
Xitoyda tashqi savdoning yirik miqdorda ijobiy saldoga ega ekanligi 
to‘lov balansinning holatiga ijobiy ta’sir etgani holda, milliy valyutaning 
nominal almashuv kursini ko‘tarilish xavfini yuzaga keltiradi. Bu esa, 


 
148 
Xitoy Xalq bankini milliy valyutaning nominal almashuv kursini nazorat 
qilishga majbur qiladi. 
3-jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling