O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


  2-jadval  O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy monetar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

 
161 
2-jadval 
O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy monetar 
indikatorlar
144
 
Ko‘rsatkichlar 
Yillar
2013 
2014 2015 2016 2017 
Markaziy bankning qayta 
moliyalash stavkasi, % 
12,0 
10,0 
9,0 
9,0 
14,0 
Tijorat banklarining so‘mda 
berilgan kreditlarining o‘rtacha 
yillik foiz stavkasi, % 
13,0 
12,5 
11,4 
11,5 
18,5 
Inflyatsiyaning yillik darajasi, %
6,8 
6,1 
5,6 
5,7 
14,4 
Tijorat banklari kreditlari, trln 
so‘m 
26,5 
34,8 
42,7 
53,4 108,5 
Tijorat banklari depozitlari, trln 
som 
26,1 
28,5 
35,6 
44,6 
58,7 
Tijorat banklari kapitali, trln 
so‘m 
6,5 
6,9 
7,8 
9,4 
23,7 
Shuni alohida e’tirof etish joizki, Markaziy bank tomonidan 
amalga oshiriladigan pul-kredit siyosatini takomillashtirib borilishi 
hamda bank tizimini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi 
mamlakat bank tizimining barqarorligini ta’minlashda muhim rol 
o‘ynadi. Xususan, pul-kredit siyosatini takomillashtirishga qaratilgan 
chora-tadbirlarning natijasi o‘laroq, inflyatsiya darajasini keskin 
pasaytirishga muvaffaq bo‘lindi. 1994-yilda inflyatsiyaning yillik 
darajasi 1132 foiz bo‘lgan bo‘lsa (haqiqiy giperinflyatsiya), 1997-yilda 
ushbu ko‘rsatkich 27,6 foizni tashkil etdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-iyundagi 362-sonli 
“O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishni moliyaviy 
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 1995-yil 9- 
noyabrdagi “O‘zbekiston bank tizimini rivojlantirishning kompleks 
dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarorlariga muvofiq, tijorat banklarini 1997-yilning 31-dekabriga qadar 
144
Jadval mualliflar tomonidan 
www.cbu.uz
 sayti ma’lumotlari asosida tuzilgan. 


 
162 
soliq to‘lovlaridan ozod qilinishi ularning moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari 
bilan ta’minlash imkonini berdi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hukumatga tegishli pul 
mablag‘laridan, masalan, Davlat byudjeti mablag‘laridan muomaladagi 
pul massasini tartibga solishda foydalanadi. Davlat byudjeti 
daromadlarini 
kelib 
tushish 
vaqti 
bilan 
byudjet 
xarajatlarini 
moliyalashtirish vaqti o‘rtasidagi farq tufayli ma’lum miqdordagi pul 
mablag‘larini to‘planishi yuz beradi. Markaziy bank ana shu pul 
mablag‘laridan vaqtinchalik foydalanadi. Germaniya Markaziy banki, 
ya’ni Bundesbank amaliyotida ushbu pul mablag‘lari muomaladagi pul 
massasini boshqarishning “nozik vositasi” deb ataladi. 
Markaziy 
bank 
tijorat 
banklarining 
“Nostro” 
vakillik 
hisobraqamlaridagi ortiqcha pul mablag‘larini o‘zining depozit 
hisobraqamlariga jalb etish yo‘li bilan bank tizimining likvidligiga va 
tijorat banklarining kreditlash imkoniyatiga sezilarli darajada ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Shunisi muhimki, Markaziy bankning depozit siyosati qayta 
moliyalash va ochiq bozor siyosatlari bilan uyg‘unlikda olib borilsa 
katta samara berishi mumkin. Ammo respublikamizda mazkur 
instrumentlar o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlashning hozircha imkoni 
yo‘q. Buning sababi shundaki, Markaziy bank tomonidan tijorat 
banklariga lombard kreditlari berish amaliyoti mavjud emas. Buning 
ustiga, Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari amalga 
oshirilmayapti. 
Markaziy bankning monetar siyosati tijorat banklarining kreditlash 
salohiyatiga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli
qator xorijiy davlatlar tajribasini monetar siyosat aniq yo‘naltirilgan 
restriksion yoki ekspansionistik mazmunga ega bo‘lishi lozim. Xususan, 
AQSh FZTning tajribasi ko‘rsatdiki, iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish 
va bank tizimining likvidligini ta’minlash maqsadida nollik hisob 
stavkasi qo‘llanilmoqda. Bu esa, birinchidan, tijorat banklarining 
likvidliligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ularni kreditlash imkoniyatini 
oshirishga xizmat qiladi; ikkinchidan, tijorat banklari kreditlarining foiz 


 
163 
stavkalarini oshishiga va natijada xo‘jalik yurituvchi subyektlarining 
tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish imkonini 
beradi. 
Shunisi 
xarakterliki, 
respublikamizda 
iqtisodiyotning 
pul 
mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi bilan tijorat banklarining 
kredit ekspansiyasi o‘rtasida ikki tomonlama aloqadorlik mavjud. 
Mazkur aloqadorlikning mohiyati shundaki, bir tomondan, tijorat 
banklari kredit ekspansiyasi ko‘lamining keng emasligi (kreditlarning 
YaIMga nisbatan darajasi bilan o‘lchanadi) iqtisodiyotning pul 
mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirishga to‘sqinlik qilsa, 
ikkinchi tomondan iqtisodiyotning pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 
darajasining past ekanligi tijorat banklari faolyaitidagi kredit riski 
darajasining yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Buning sababi 
shundaki, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yetkazib berilgan 
tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar haqini o‘z vaqtida to‘lanmasligi 
ularning pul oqimi barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi 
PQ-3272-sonli qarorida pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va 
jalb 
qilish 
operatsiyalari 
bo‘yicha 
qo‘llanilayotgan 
foizli 
instrumentlardan 
foydalanishni 
kengaytirish, 
majburiy 
zaxira 
me’yorlarini qo‘llashni takomillashtirish talablari o‘z aksini topgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrdagi 
PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi 
navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida pul-kredit siyosatini 
takomillashtirish bo‘yicha quyidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan: 
– milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini 
belgilashda faqat bozor mexanizmlarini qo‘llash; 
– milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy 
monetar siyosatni amalga oshirish, bu borada monetar instrumentlardan 
faol va moslashtirilgan holda foydalanish, davlat qimmatli qog‘ozlari 
bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalar hamda 
davlat qimmatli qog‘ozlarini banklar likvidliligiga garovga berish 
bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishni amaliyotga joriy etish; 


 
164 
– monetar va fiskal siyosatni muvofiqlashtirish hamda Davlat 
byudjetining mutanosibligini ta’minlash orqali pul massasi haddan ziyod 
o‘sishining oldini olish. 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni 
bajarish maqsadida monetar siyosatni takomillashtirish bo‘yicha chora-
tadbirlar amalga oshirildi. Ana shunday tadbirlardan biri bo‘lib, 
Markaziy bankning majburiy zaxira siyosatining takomillashtirilganligi 
hisoblanadi. 
Ushbu takomillashtirilgan tartib 2018-yilning 1-oktyabridan 
boshlab amaliyotga joriy etildi. 
3-jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling