O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
O‘z-o‘zini nazorat qilish maqsadida berilgan savollar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
O‘z-o‘zini nazorat qilish maqsadida berilgan savollar
1. O‘zbekistonda monetar siyosatni isloh qilish bosqichlariga xos qanday xususiyatlarni bilasiz? 2. Markaziy bankning qayta moliyalash siyosatiga xos bo‘lgan qanday xususiyatlar mavjud? 3. Markaziy bankning majburiy zaxira siyosatiga xos bo‘lgan xususiyatlar qaysi? 4. Nima uchun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalari mavjud emas? 5. Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davrida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining monetar siyosatida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ldi? 6. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi bilan inflyatsiya darajasi o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud? 7. Monetar siyosatning 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat. 147 Monetar siyosatning 2019-yil va 2020-202- yillar davriga mo’ljallangan asosiy yo‘nalishlari (92-b). www.cbu.uz. 168 8-BOB. MAKROIQTISODIY VA MOLIYAVIY BARQARORLIKNI MUSTAHKAMLASHDA MONETAR SIYOSATNING AHAMIYATI 8.1-§. Monetar siyosatning makroiqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati Monetar siyosat mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) barqaror o‘sishini ta’minlashda, milliy bank tizimidagi likvidlilik muammosini hal qilishda va inflyatsiyani jilovlashda muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida moliyaviy inqiroz davom etayotgan hozirgi sharoitda monetar siyosatni takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov e’tirof etganlaridek, “dunyoning ko‘plab yetakchi mamlakatlarida davlat qarzi va milliy byudjetlar taqchilligi muammosi deyarli hal etilmasdan qolmoqda, real iqtisodiyotda ishlab chiqarish pasayib bormoqda, jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda” 148 . Monetar siyosatning makroiqtisodiy o‘sish sur’atlarining barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati, avvalo, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va inflyatsiya darajasining oshishiga yo‘l qo‘ymaslikda namoyon bo‘ladi. Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi importning qimmatlashishiga olib keladi va buning natijasida investitsiya me’yorining pasayishi yuz berishi mumkin. O‘z navbatida, investitsiya me’yorining pasayishi yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atini pasayishiga va ayrim hollarda iqtisodiyotni retsessiya holatiga tushib qolishiga olib keladi. 148 Karimov I.A. Bosh maqsadimiz – keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish. – Toshkent: O‘zbekiston, 2013. - B. 19. 169 Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning zamonaviy innovatsion rivojlantirish maqsadida dolzarb masalalardan biri bo‘lib turibdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947- sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab berilgan 149 . Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2- sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash hamda milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan qat’iy monetar siyosatni amalga oshirish valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida e’tirof etilgan 150 . 1-jadval Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling