O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2-§. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari
2009-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari
ustav kapitaliga yo‘naltirilgan davlat mablag‘lari 142 № Tijorat banklari Kapitalga yo‘naltirilgan mablag‘lar (mlrd. so‘m) 1. O‘zsanoatqurilishbank 65,4 2. Mikrokreditbank 72,0 3. Xalq banki 50,0 4. Agro bank 50,0 5. Asaka bank 147,1 6. Qishloq qurilish bank 76,0 Birgina 2009-yilning o‘zida mazkur banklarning ustav kapitaliga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 460,5 mlrd so‘m miqdorida mablag‘lar yo‘naltirildi. Bank tizimining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan monetar siyosat 2011-2012-yillarda ham davom ettirildi. 7.2-§. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF- 4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit 142 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ma’lumotlari asosida mualliflar tomonidan shakllantirildi. 160 siyosatini takomillashtirish, shuningdek‚ valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida belgilab berilganligi bank tizimini rivojlantirishning sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish zaruriyatini yuzaga keltiradi 143 . Harakatlar strategiyasida bank tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3272- sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi. Mazkur qarorlarda mamlakat bank tizimini rivojlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma- bosqich o‘tish vazifasi qo‘yildi. 2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2017-yilda oldingi yillarga nisbatan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasini, tijorat banklarining so‘mda berilgan kreditlarining o‘rtacha yillik foiz stavkasini va inflyatsiya darajasini keskin oshib ketishi yuz berdi. Bu esa, milily iqtisodiyot rivojiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi. 143 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling