O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

01,01,2015
01,01,2016
01,01,2017
01,01,2018
01,01,2019
Regulyativ kapitalga talab
Birinchi darajali kapitalga talab


 
176 
nisbatan likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyentining joriy etilganligi 
ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim 
qadamlardan biri bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22- 
iyuldagi 19/14-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi 
tomonidan 2015-yil 13-avgustda 2709-sonli raqam bilan ro‘yxatga 
olingan) “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan 
talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi yo‘riqnomasiga 
asosan likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyenti amaliyotga joriy 
etildi. 
Ta’kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlar bilan birga, 
respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirish va 
moliyaviy barqarorligini mustahkamlash borasida yechimini kutayotgan 
dolzarb muammolar mavjud. Ana shunday dolzarb muammolardan biri 
– bu Markaziy bankning majburiy zaxira talabnomalarini tijorat 
banklarining 
moliyaviy 
barqarorligiga 
nisbatan 
salbiy 
ta’sir 
ko‘rsatayotganligidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira 
stavkalarining nisbatan yuqori ekanligi va zaxira ajratmalari summasini 
banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olib qo‘yilayotganligi ularning 
moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holbuki, taraqqiy 
etgan mamlakatlarda Markaziy banklarning majburiy zaxira stavkalari 
past bo‘lib, zaxira ajratmalari summasi banklarning “Nostro” vakillik 
hisobvarag‘ida saqlanadi. 
Tijorat banklari regulyativ kapitali tarkibining barqarorligini 
ta’minlanmaganligi bu boradagi dolzarb muammolardan yana biri 
hisoblanadi. Muammoning mohiyati shundaki, devalvatsiya zaxirasi 
respublikamiz tijorat banklarining birinchi darajali kapitali tarkibiga 
kiritilgan. Holbuki, Bazel standartiga ko‘ra, devalvatsiya zaxirasini 
tijorat banklarining regulyativ kapitalining tarkibiga kiritish umuman 
mumkin emas. 
Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’ati nisbatan yuqori bo‘lgan 
mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda devalvatsiya zaxirasini 
banklarning balansida katta miqdorda to‘planishi kuzatiladi.


 
177 
Devalvatsiya zaxirasi milliy valyutaning xorijiy valyutalarga 
nisbatan qadrsizlanishi natijasida yuzaga keladigan mablag‘ bo‘lib, 
barqaror moliyalashtirish manbai hisoblanmaydi. Shu sababli, uning 
regulyativ kapital tarkibidagi miqdorining ortishi bankning moliyaviy 
barqarorlik darajasining pasayishiga olib keladi. 
2013-2015-yillarda respublikamiz tijorat banklari regulyativ 
kapitali miqdorining nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi 
pasayish 
tendensiyasiga 
ega 
bo‘ldi. 2016-yilda 
esa, 
ushbu 
ko‘rsatkichning 2015-yilga nisbatan sezilarsiz darajada o‘sishi 
kuzatilgan. Buning ustiga, tahlil qilingan davr mobaynida tijorat 
banklarining regulyativ kapitalini makrodarajada yetarli bo‘lmaganligi 
kuzatilgan. 
Chunki, 
tijorat 
banklarining 
regulyativ 
kapitali 
makrodarajada yetarli bo‘lishi uchun regulyativ kapitalning nominal 
yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi 6 foizdan kam bo‘lmasligi 
lozim. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-
2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada 
oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan O‘zbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklari 
bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlar majmui ishlab chiqildiki, unda 
xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan, depozit va 
kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan 
me’yoriy talablarni yanada takomillashtirish, tijorat banklari resurs 
bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador 
turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng 
ko‘lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yetakchi xorijiy 
banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur 
o‘rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu 
jumladan, xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini 
takomllashtirish
159
kabi aniq vazifalar qo‘yildi. 
159
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy 
barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2015. - 
№ 18. – 3-4-b. 


 
178 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi 
PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va 
barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida har 
chorakda bankning likvidlilik pozitsiyalarini turli ssenariylar asosida 
stress-testlashni amalga oshirish, bankning aktivlarini tarkibini va kredit 
portfeli holatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish, tasdiqlangan 
kreditlarni qaytarish grafigiga qat’iy rioya qilish, tarif siyosatini 
optimallashtirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish tizimini takomillashtirish talablarining qo‘yilganligi bank 
tizimining barqarorligini ta’minlash borasidagi muhim omil bo‘ldi. 
Markaziy bankning pul-kredit siyosatini ilg‘or xalqaro tajribada 
keng 
qo‘llaniladigan 
monetar 
instrumentlarni 
qo‘llagan 
holda 
takomillashtirish 
tijorat 
banklarining 
kreditlash 
amaliyotini 
takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, 
birinchidan, tijorat banklari Markazi y bankdan hisob va lombard 
kreditlari olish imkoniga ega bo‘lishadi; ikkinchidan, Markaziy 
bankning ochiq bozor siyosati doirasida tijorat banklari qimmatli 
qog‘ozlarni Markaziy bankka sotish yo‘li bilan o‘zlarining likvidlilik 
darajasini oshirish sharoitiga ega bo‘lishadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling