O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1-§. Xorijiy davlatlar zamonaviy monetar siyosatining dolzarb muammolari
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar 1. O‘zbekistonda monetar siyosatni isloh qilish bosqichlari xususida nimalarni bilasiz? 2. Monetar siyosatning O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror o‘sishini ta’minlashdagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi? 3. O‘zbekiston Respublikasining Farmonlari va Qarorlarida Markaziy bankning monetar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha qanday vazifalar belgilangan? 4. Monetar siyosatni bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi? 5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosat qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega? 179 9-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA HOZIRGI ZAMON MONETAR SIYOSATINING DOLZARB MUAMMOLARI 9.1-§. Xorijiy davlatlar zamonaviy monetar siyosatining dolzarb muammolari Xorijiy davlatlar zamonaviy monetar siyosatining dolzarb muammolari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1. To‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha yirik miqdordagi defitsitga ega bo‘lgan mamlakatlarda milliy valyutaning almashuv kursiga nisbatan kuchli bosiminng yuzaga kelayotganligi. AQSh iqtisodiyoti rivojlanishining eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib, to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limini yirik miqdordagi defitsitga ega ekanligi hisoblanadi. Bu esa, asosan, mamlakat eksporti va importi o‘rtasida katta miqdordagi salbiy saldoning mavjudligi bilan izohlanadi. Ayniqsa, AQShning Xitoy bilan tashqi savdo munosabatlaridagi salbiy saldo miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. Ayniqsa, Xitoy bilan o‘zaro savdo munosabatlaridagi ijobiy saldo summasi oshib bormoqda. Bu esa, AQSh hukumatining noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, AQSh hukumati Xitoyni atayin milliy valyuta kursini past darajada ushlab turishda ayblamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, Xitoy yuanining nominal almashuv kursini AQSh dollariga nisbatan past darajada ushlab turilishi Xitoydan AQShga eksport qilinayotgan tovarlarning raqobatbardoshligini yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, AQSh Yaponiya va Germaniya bilan amalga oshirilayotgan tashqi savdo operatsiyalarida ham salbiy saldoga ega. AQSh iqtisodiyotining jiddiy muammolaridan yana biri – bu, shubhasiz, tashqi qarz muammosi hisoblanadi. 2017-yilning 27-sentyabr 180 holatiga ko‘ra, AQShda davlatning tashqi qarzi 20 trln dollarni tashkil etdi 160 . AQShda davlatning tashqi qarzi, asosan, AQSh hukumatining obligatsiyalarini xorijlik investorlarga sotish natijasida shakllanadi. 2017-yil sentyabr oyining so‘nggida AQSh hukumati obligatsiyalarining asosiy qismini Xitoy va Yaponiya investorlari xarid qilishgan. Bunda, ularning har birini sotilgan obligatsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 19,9 foizni tashkil etgan. Yaponiyada davlatning tashqi qarzini katta ekanligi, davlat byudjeti defitsiti darajasining yuqori ekanligi Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan monetar siyosatga ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning sababi shundaki, Yaponiya Markaziy banki Hukumat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga qilinadigan investitsiyalar hajmini oshirishga majbur bo‘lmoqda. Shuningdek, Yaponiyada ham davlat tashqi qarzining nisbatan katta ekanligi kuzatilmoqda. 2017-yilning 27-sentyabr holatiga ko‘ra, AQShda davlatning tashqi qarzi qariyb 9 trln dollarni tashkil etdi 161 . O‘z navbatida, Yaponiya Markaziy banki milliy valyutaning nominal almashuv kursini oshib ketishiga, ya’ni ienning qadrini oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida valyuta intervensiyasini amalga oshirmoqda. Bu esa, eksportning qimmatlashishini oldini oladi va mamlakatning eksport salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2. Global iqtisodiyotda Markaziy bankning qayta moliyalash operatsiyalarini amalga oshirish muammolari. Markaziy banklarga veksellarni diskontlash muddatlarini va qayta hisobga olish kontingenti summalari o‘zgartirish huquqini berilganligi qayta moliyalash operatsiyalarining tijorat banklari uchun ma’lum noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Odatda, Markaziy bank mamlakatdagi barcha tijorat banklari uchun qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Keyin qayta hisobga olish kontingenti summasini tijorat banklari soniga bo‘lish yo‘li bilan 160 Soveren Debt Around. HowMuch.net. 161 Soveren Debt Around. HowMuch.net. 181 bitta tijorat bankiga to‘g‘ri keladigan qayta hisobga olish limiti aniqlanadi. Yevropa Markaziy banki (EMB) veksellarni qayta hisobga olish operatsiyalarini monetar siyosat bilan iqtisodiyotning real sektori o‘rtasidagi aloqadorlikni ta’minlovchi muhim operatsiya, deb hisoblaydi. Shu sababli, EMB yevrohudud mamlakatlari Markaziy banklariga qayta moliyalash operatsiyalarida tijorat veksellarini foydalanish uchun kvotaning minimal miqdorini belgilash huquqini bergan. Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat veksellari muomalasining rivojlanganligi Markaziy banklarga diskont operatsiyalari orqali muomaladagi pul massasiga va bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish imkonini beradi. Masalan, Fransiyada sanoat korxonalari tomonidan kreditga sotilgan tovarlarning uchdan bir qismi tijorat veksellari bilan rasmiylashtiriladi 162 . O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida tovarlarni kreditga sotish tushunchasi mavjud emas. Tovarning summasi qancha muddatga kechiktirib to‘lanishiga qaramasdan unga qo‘shimcha ravishda foiz to‘lanmaydi. Chunki, tovar kreditga sotilgan hisoblanmaydi. Tovarni kreditga sotish mavjud emasligi sababli tijorat veksellari ham yozilmaydi. 3. Pullar taklifini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar. Markaziy banklar monetar siyosatining to‘rt instrumenti – qayta moliyalash siyosati, ochiq bozor siyosati, majburyi zaxira siyosati va valyuta siyosati – pullar taklifiga samarali ta’sir etish imkonini beradi. Biroq, shunga qaramasdan taraqqiy etgan mamlakatlarda ham pullar taklifini nazorat qilish har doim ham kutilgan natijani bermayapti. Muammoning mohiyati shundaki, Markaziy banklar aholining banklarda saqlayotgan omonatlarini nazorat qilmaydi. Aholining omonatlari banklarda qanchalik ko‘p bo‘lsa, banklarning zaxiralari shunchalik ko‘p bo‘ladi. 162 Ширинская З.Г. Операции комммерческих банков и зарубежный опыт. – М.: Финансы и статистика, 1993. – С.117. 182 Pullar taklifini nazorat qilish borasidagi ikkinchi muammoning mazmuni shundaki, Markaziy banklar tijorat banklarining kredit emissiyasi orqali pullar taklifining o‘sishini to‘liq nazorat qila olmaydi. 4. Xorijiy valyutalarga bo‘lgan talabning oshishi munosabati bilan milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash muammosi. Rossiyada 2017-yilda inflyatsiya darajasini pasaytirishga muvaffaq bo‘lingan bo‘lsada, inflyatsion kutishlarning nisbatan yuqori va barqarorligi saqlanib qoldi. 2017-yilda Rossiya rublining barqarorligiga salbiy ta’sir etgan asosiy omillar quyidagilar bo‘ldi: – neft bahosining pasayishi; – mamlakatdan chiqib ketayotgan kapital oqimining ortishi; – byudjet siyosati sohasidagi noaniqliklar; – inflyatsion kutishlarning yuqori va nobarqarorligi 163 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling