185
2018-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi
tijorat banklarining jami depozitlari hajmida
talab qilib olinadigan
depozitlarning salmog‘i 59,5 foizni tashkil etdi. Bu esa, banklarning
depozit bazasini yetarli emasligini ko‘rsatadi. Chunki,
tijorat bankining
depozit bazasi yetarli bo‘lishi uchun talab qilib olinadigan
depozitlarning jami depozitlardagi salmog‘i 30
foizdan oshmasligi
kerak.
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar
1. Xalqaro amaliyotda monetar siyosat sohasida qanday
muammolar mavjud?
2. Markaziy banklar nima uchun pullar taklifini to‘liq nazorat qila
olishmaydi?
3. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan
amalga oshirilayotgan
monetar siyosatni takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan qanday
muammolarni bilasiz?
4. O‘zbekiston Respublikasi tijorat
banklarining depozit bazasi
yetarlimi?
Do'stlaringiz bilan baham: