O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

 
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar 
1. O‘zbekistonda monetar siyosatni isloh qilish bosqichlari 
xususida nimalarni bilasiz? 
2. Monetar siyosatning O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror 
o‘sishini ta’minlashdagi roli nimalarda namoyon bo‘ladi? 
3. O‘zbekiston Respublikasining Farmonlari va Qarorlarida 
Markaziy bankning monetar siyosatini takomillashtirish bo‘yicha 
qanday vazifalar belgilangan? 
4. Monetar siyosatni bank tizimining barqarorligini ta’minlashdagi 
roli nimalarda namoyon bo‘ladi? 
5. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga 
oshirilayotgan monetar siyosat qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega? 
 
 


 
179 
 
 
9-BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH 
SHAROITIDA HOZIRGI ZAMON MONETAR 
SIYOSATINING DOLZARB MUAMMOLARI 
 
9.1-§. Xorijiy davlatlar zamonaviy monetar siyosatining
dolzarb muammolari 
Xorijiy davlatlar zamonaviy monetar siyosatining dolzarb 
muammolari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
1. To‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limi bo‘yicha yirik 
miqdordagi defitsitga ega bo‘lgan mamlakatlarda milliy valyutaning 
almashuv kursiga nisbatan kuchli bosiminng yuzaga kelayotganligi. 
AQSh iqtisodiyoti rivojlanishining eng dolzarb muammolaridan 
biri bo‘lib, to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘limini yirik 
miqdordagi defitsitga ega ekanligi hisoblanadi. Bu esa, asosan, 
mamlakat eksporti va importi o‘rtasida katta miqdordagi salbiy 
saldoning mavjudligi bilan izohlanadi. Ayniqsa, AQShning Xitoy bilan 
tashqi savdo munosabatlaridagi salbiy saldo miqdori yildan-yilga oshib 
bormoqda. Ayniqsa, Xitoy bilan o‘zaro savdo munosabatlaridagi ijobiy 
saldo summasi oshib bormoqda. Bu esa, AQSh hukumatining 
noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Chunki, AQSh hukumati Xitoyni atayin 
milliy valyuta kursini past darajada ushlab turishda ayblamoqda. 
Ularning fikriga ko‘ra, Xitoy yuanining nominal almashuv kursini 
AQSh dollariga nisbatan past darajada ushlab turilishi Xitoydan 
AQShga eksport qilinayotgan tovarlarning raqobatbardoshligini yuqori 
bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. 
Shuningdek, AQSh Yaponiya va Germaniya bilan amalga 
oshirilayotgan tashqi savdo operatsiyalarida ham salbiy saldoga ega. 
AQSh iqtisodiyotining jiddiy muammolaridan yana biri – bu, 
shubhasiz, tashqi qarz muammosi hisoblanadi. 2017-yilning 27-sentyabr 


 
180 
holatiga ko‘ra, AQShda davlatning tashqi qarzi 20 trln dollarni tashkil 
etdi
160

AQShda davlatning tashqi qarzi, asosan, AQSh hukumatining 
obligatsiyalarini xorijlik investorlarga sotish natijasida shakllanadi. 
2017-yil sentyabr oyining so‘nggida AQSh hukumati obligatsiyalarining 
asosiy qismini Xitoy va Yaponiya investorlari xarid qilishgan. Bunda, 
ularning har birini sotilgan obligatsiyalarning umumiy hajmidagi ulushi 
19,9 foizni tashkil etgan. 
Yaponiyada davlatning tashqi qarzini katta ekanligi, davlat 
byudjeti defitsiti darajasining yuqori ekanligi Markaziy bank tomonidan 
olib borilayotgan monetar siyosatga ta’sir ko‘rsatmoqda. Buning sababi 
shundaki, Yaponiya Markaziy banki Hukumat tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qog‘ozlarga qilinadigan investitsiyalar hajmini oshirishga 
majbur bo‘lmoqda. 
Shuningdek, Yaponiyada ham davlat tashqi qarzining nisbatan 
katta ekanligi kuzatilmoqda. 2017-yilning 27-sentyabr holatiga ko‘ra, 
AQShda davlatning tashqi qarzi qariyb 9 trln dollarni tashkil etdi
161

O‘z navbatida, Yaponiya Markaziy banki milliy valyutaning 
nominal almashuv kursini oshib ketishiga, ya’ni ienning qadrini 
oshishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida valyuta intervensiyasini amalga 
oshirmoqda. Bu esa, eksportning qimmatlashishini oldini oladi va 
mamlakatning eksport salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
2. Global iqtisodiyotda Markaziy bankning qayta moliyalash 
operatsiyalarini amalga oshirish muammolari. 
Markaziy banklarga veksellarni diskontlash muddatlarini va qayta 
hisobga olish kontingenti summalari o‘zgartirish huquqini berilganligi 
qayta moliyalash operatsiyalarining tijorat banklari uchun ma’lum 
noqulayliklarni yuzaga keltiradi. 
Odatda, Markaziy bank mamlakatdagi barcha tijorat banklari 
uchun qayta hisobga olish kontingentini belgilaydi. Keyin qayta hisobga 
olish kontingenti summasini tijorat banklari soniga bo‘lish yo‘li bilan 
160
Soveren Debt Around. HowMuch.net. 
161
Soveren Debt Around. HowMuch.net. 


 
181 
bitta tijorat bankiga to‘g‘ri keladigan qayta hisobga olish limiti 
aniqlanadi. 
Yevropa Markaziy banki (EMB) veksellarni qayta hisobga olish 
operatsiyalarini monetar siyosat bilan iqtisodiyotning real sektori 
o‘rtasidagi 
aloqadorlikni 
ta’minlovchi 
muhim 
operatsiya, 
deb 
hisoblaydi. Shu sababli, EMB yevrohudud mamlakatlari Markaziy 
banklariga qayta moliyalash operatsiyalarida tijorat veksellarini 
foydalanish uchun kvotaning minimal miqdorini belgilash huquqini 
bergan. 
Taraqqiy etgan mamlakatlarda tijorat veksellari muomalasining 
rivojlanganligi Markaziy banklarga diskont operatsiyalari orqali 
muomaladagi pul massasiga va bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish 
imkonini beradi. Masalan, Fransiyada sanoat korxonalari tomonidan 
kreditga sotilgan tovarlarning uchdan bir qismi tijorat veksellari bilan 
rasmiylashtiriladi
162

O‘zbekiston Respublikasi amaliyotida tovarlarni kreditga sotish 
tushunchasi mavjud emas. Tovarning summasi qancha muddatga 
kechiktirib to‘lanishiga qaramasdan unga qo‘shimcha ravishda foiz 
to‘lanmaydi. Chunki, tovar kreditga sotilgan hisoblanmaydi. Tovarni 
kreditga sotish mavjud emasligi sababli tijorat veksellari ham 
yozilmaydi. 
3. Pullar taklifini nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar. 
Markaziy banklar monetar siyosatining to‘rt instrumenti – qayta 
moliyalash siyosati, ochiq bozor siyosati, majburyi zaxira siyosati va 
valyuta siyosati – pullar taklifiga samarali ta’sir etish imkonini beradi. 
Biroq, shunga qaramasdan taraqqiy etgan mamlakatlarda ham pullar 
taklifini nazorat qilish har doim ham kutilgan natijani bermayapti. 
Muammoning mohiyati shundaki, Markaziy banklar aholining 
banklarda saqlayotgan omonatlarini nazorat qilmaydi. Aholining 
omonatlari banklarda qanchalik ko‘p bo‘lsa, banklarning zaxiralari 
shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
162
Ширинская З.Г. Операции комммерческих банков и зарубежный опыт. – М.: Финансы и статистика, 1993. 
– 
С.117. 


 
182 
Pullar taklifini nazorat qilish borasidagi ikkinchi muammoning 
mazmuni shundaki, Markaziy banklar tijorat banklarining kredit 
emissiyasi orqali pullar taklifining o‘sishini to‘liq nazorat qila olmaydi. 
4. Xorijiy valyutalarga bo‘lgan talabning oshishi munosabati bilan 
milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash 
muammosi. 
Rossiyada 2017-yilda inflyatsiya darajasini pasaytirishga muvaffaq 
bo‘lingan bo‘lsada, inflyatsion kutishlarning nisbatan yuqori va 
barqarorligi saqlanib qoldi.
2017-yilda Rossiya rublining barqarorligiga salbiy ta’sir etgan 
asosiy omillar quyidagilar bo‘ldi: 
– neft bahosining pasayishi; 
– mamlakatdan chiqib ketayotgan kapital oqimining ortishi; 
– byudjet siyosati sohasidagi noaniqliklar; 
– inflyatsion kutishlarning yuqori va nobarqarorligi
163


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling