O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
01,01,2015
01,01,2016 01,01,2017 01,01,2018 01,01,2019 Regulyativ kapitalga talab Birinchi darajali kapitalga talab 176 nisbatan likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyentining joriy etilganligi ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22- iyuldagi 19/14-sonli (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-avgustda 2709-sonli raqam bilan ro‘yxatga olingan) “Tijorat banklarining likvidliligini boshqarishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi yo‘riqnomasiga asosan likvidlilikni qoplash me’yori koeffitsiyenti amaliyotga joriy etildi. Ta’kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlar bilan birga, respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasini oshirish va moliyaviy barqarorligini mustahkamlash borasida yechimini kutayotgan dolzarb muammolar mavjud. Ana shunday dolzarb muammolardan biri – bu Markaziy bankning majburiy zaxira talabnomalarini tijorat banklarining moliyaviy barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligidir. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalarining nisbatan yuqori ekanligi va zaxira ajratmalari summasini banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olib qo‘yilayotganligi ularning moliyaviy barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Holbuki, taraqqiy etgan mamlakatlarda Markaziy banklarning majburiy zaxira stavkalari past bo‘lib, zaxira ajratmalari summasi banklarning “Nostro” vakillik hisobvarag‘ida saqlanadi. Tijorat banklari regulyativ kapitali tarkibining barqarorligini ta’minlanmaganligi bu boradagi dolzarb muammolardan yana biri hisoblanadi. Muammoning mohiyati shundaki, devalvatsiya zaxirasi respublikamiz tijorat banklarining birinchi darajali kapitali tarkibiga kiritilgan. Holbuki, Bazel standartiga ko‘ra, devalvatsiya zaxirasini tijorat banklarining regulyativ kapitalining tarkibiga kiritish umuman mumkin emas. Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’ati nisbatan yuqori bo‘lgan mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekistonda devalvatsiya zaxirasini banklarning balansida katta miqdorda to‘planishi kuzatiladi. 177 Devalvatsiya zaxirasi milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi natijasida yuzaga keladigan mablag‘ bo‘lib, barqaror moliyalashtirish manbai hisoblanmaydi. Shu sababli, uning regulyativ kapital tarkibidagi miqdorining ortishi bankning moliyaviy barqarorlik darajasining pasayishiga olib keladi. 2013-2015-yillarda respublikamiz tijorat banklari regulyativ kapitali miqdorining nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi pasayish tendensiyasiga ega bo‘ldi. 2016-yilda esa, ushbu ko‘rsatkichning 2015-yilga nisbatan sezilarsiz darajada o‘sishi kuzatilgan. Buning ustiga, tahlil qilingan davr mobaynida tijorat banklarining regulyativ kapitalini makrodarajada yetarli bo‘lmaganligi kuzatilgan. Chunki, tijorat banklarining regulyativ kapitali makrodarajada yetarli bo‘lishi uchun regulyativ kapitalning nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasi 6 foizdan kam bo‘lmasligi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ- 2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan O‘zbekiston Banklar uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda kompleks chora-tadbirlar majmui ishlab chiqildiki, unda xalqaro me’yor va standartlarga muvofiq, shu jumladan, depozit va kredit siyosati sohasida respublika banklariga nisbatan qo‘yilayotgan me’yoriy talablarni yanada takomillashtirish, tijorat banklari resurs bazasini mustahkamlash, omonat va depozitlarning yangi jozibador turlarini joriy qilish yo‘li bilan aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bo‘sh pul mablag‘larini bank aylanmasiga keng ko‘lamda jalb etish chora-tadbirlarini amalga oshirish, yetakchi xorijiy banklar va moliya institutlarida boshqaruvni tashkil etish tizimini chuqur o‘rganish asosida tijorat banklarida korporativ boshqaruv usullari, shu jumladan, xatarlarni boshqarish va ichki nazoratni yaxshilash usullarini takomllashtirish 159 kabi aniq vazifalar qo‘yildi. 159 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2015. - № 18. – 3-4-b. 178 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida har chorakda bankning likvidlilik pozitsiyalarini turli ssenariylar asosida stress-testlashni amalga oshirish, bankning aktivlarini tarkibini va kredit portfeli holatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish, tasdiqlangan kreditlarni qaytarish grafigiga qat’iy rioya qilish, tarif siyosatini optimallashtirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish talablarining qo‘yilganligi bank tizimining barqarorligini ta’minlash borasidagi muhim omil bo‘ldi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatini ilg‘or xalqaro tajribada keng qo‘llaniladigan monetar instrumentlarni qo‘llagan holda takomillashtirish tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi. Buning sababi shundaki, birinchidan, tijorat banklari Markazi y bankdan hisob va lombard kreditlari olish imkoniga ega bo‘lishadi; ikkinchidan, Markaziy bankning ochiq bozor siyosati doirasida tijorat banklari qimmatli qog‘ozlarni Markaziy bankka sotish yo‘li bilan o‘zlarining likvidlilik darajasini oshirish sharoitiga ega bo‘lishadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling