O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


-§. O‘zbekiston Respublikasida monetar siyosatning


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

9.2-§. O‘zbekiston Respublikasida monetar siyosatning
dolzarb muammolari 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga 
oshirilayotgan monetar siyosatni takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan 
dolzarb muammolar quyidagilardan iborat: 
1. Respublika Markaziy bankining diskont va lombard kreditlari 
mavjud emas. Bu esa, Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati 
orqali bank tizimining likvidliligiga, kreditlarning bahosiga va pullar 
taklifiga ta’sir etish imkoniyatini cheklab qo‘ygan.
2. Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari yuqori bo‘lib, 
buning natijasida tijorat banklari depozit bazasining mustahkamligiga va 
likvidliligiga nisbatan salbiy ta’sir yuzaga kelmoqda.
2009-yilning sentyabr oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankining majburiy zaxira stavkalari tijorat banklari 
depozitlarining muddatlariga bog‘liq ravishda quyidagi tartibda 
tabaqalashtirildi: 
163
Российская экономика в 2017 году. – М.: ИЭП, 2018. – С. 37. 


 
183 
* talab qilib olinadigan depozitlar va bir yilgacha muddatga jalb 
qilingan depozitlarga nisbatan – 15%; 
* bir yildan uch yilgacha muddatga jalb qilingan depozitlarga 
nisbatan – 12%; 
* 3 yildan ortiq muddatga jalb qilingan depozitlarga nisbatan – 
10,5%
164

Markaziy bankning majburiy zaxira stavkalari yuqori bo‘lish bilan 
birga (2017-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, Rossiya Markaziy 
bankining majburiy zaxira stavkalarining o‘rtacha darajasi 5,6 foizni, 
Yevropa Markaziy bankining majburiy zaxira stavkasi esa, 2,0 foizni 
tashkil etdi)
165
, zaxira ajratmalari summasi tijorat banklarining “Nostro” 
vakillik hisobraqamidan olib qo‘yilmoqda. 
4. Mamlakat Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarining 
mavjud emasligi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘zining ochiq bozor 
operatsiyalarining obyektlari sifatida faqat Hukumatning qimmatli 
qog‘ozlarini tan oladi. Hukumatning qimmatli qog‘ozlari esa, davlat 
byudjeti profitsit bilan bajarilayotganligi sababli, 2013-yil 1-yanvardan 
boshlab emissiya qilinmayapti. Buning natijasida Markaziy bankning 
ochiq bozor operatsiyalari ham barham topdi. 
5. Mamlakat iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik 
darajasining 
past 
ekanligi 
tufayli 
iqtisodiyotda 
to‘lovsizlik 
muammosining mavjud ekanligi. 
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan 
ta’minlanganlik darajasining past ekanligi xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
o‘rtasidagi debitor-kreditor qarzdorlik muammosini hal qilish imkonini 
bermayapti.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev alohida 
ta’kidlaganidek, “jami 18 trillion so‘mlik debitor qarzdorlikdan 14 
trillion so‘mi yoki 60 foizi oxirgi 3 yil mobaynida cho‘zilib kelyapti. 
Nima uchun ushbu muammo bilan muddati o‘tgan qarzdorlikni 
164
Tijorat banklarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida depozitga o‘tkaziladigan majburiy rezervlari 
to‘g‘risidagi nizom//Me’yoriy-huquqiy hujjatlar. www.cbu.uz. 
165
Денежно-кредитная политика. 
https://www.cbr.ru
; Monetary Policy. 
www.ecb
. eu. 


 
184 
qisqartirish komissiyasiga boshchilik qiladigan moliya vaziri va 
Markaziy bank raisi jiddiy shug‘ullanmayapti”
166

2018-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining 
pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi 28,9 foizni tashkil etdi. 
Bu ko‘rsatkich kamida 40% bo‘lishi kerak. Aks holda, iqtisodiyotdagi 
to‘lovsizlik muammosini hal qilib bo‘lmaydi. 
6. Milliy valyutaning qadrsizlanish sur’atining yuqori ekanligi. 
1-rasm. Milliy valyuta-so‘mning 1 AQSh dollariga nisbatan

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling