O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


-§. Monetar siyosatning bank tizimining barqarorligini


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

8.2-§. Monetar siyosatning bank tizimining barqarorligini 
ta’minlashdagi ahamiyati 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-apreldagi 56-
sonli “Bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2005-2007-yillarda bank 
155
Мишкин Ф.С. Экономическая теория денег, банковского дела и финансовых рынков. Пер. с анг. – М.: 
000 «И.Д.Вильямс», 2013. - С. 677. 


 
173 
tizimini isloh qilish va rivojlantirish dasturi”ning muvaffaqiyatli ijrosi 
natijasida pul-kredit siyosatini takomillashtirishga, pul aylanmasini 
tashkil qilish va tartibga solish tizimini rivojlantirishga erishildi. 
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini sifat jihatdan yangi 
bosqichga olib chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010- 
yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011-2015-yillarda respublika 
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish 
hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor 
yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Mazkur Qarorga muvofiq, mamlakat bank tizimini rivojlantirish 
bo‘yicha aniq va muhim vazifalar belgilandi. Xususan: 
* “Xususiy banklar va moliya institutlari hamda ular faoliyatining 
kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Kredit axborotlari almashinuvi to‘g‘risida”gi 
va “Garov reestri to‘g‘risida”gi qonunlarning loyihasini tayyorlash; 
* “Mudis”, “Standart end Purs”, Fitch Reytings” xalqaro reyting 
agentliklari tomonidan qo‘llaniladigan me’yorlar, mezonlar va 
standartlar asosida respublika tijorat banklari faoliyatini baholashni joriy 
etish; 
* 2011–2015-yillarda mamlakat tijorat banklari kapitalini 2,1 
martaga, depozitlari hajmini 2,5 martaga, banklarning uzoq muddatli 
investitsion kreditlari hajmini 2,8 martaga oshirish; 
* Bazel qo‘mitasining bank nazoratiga oid bo‘lgan yangi 
talablarini amaliyotga joriy etish; 
* tijorat banklari aktivlarining sifatini oshirish; 
* risklarni baholash tizimini takomillashtirish kabi muhim 
vazifalar qo‘yildi
156

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-
4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da bank tizimini 
isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta’minlash, banklarning 
kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy 
156
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli “2011-2015-yillarda respublika 
moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga 
erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi qarori//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – 
Toshkent, 2010. – 
№48. – 4-6-betlar. 


 
174 
barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash mamlakat iqtisodiyotini 
rivojlantirishning zaruriy shartlari sifatida e’tirof etilgan
157

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9- 
yanvardagi 
PF-5296-sonli 
“O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
bankining 
faoliyatini 
tubdan 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, bank tizimi barqarorligi va 
rivojlanishini ta’minlash Markaziy bank faoliyatining strategik 
maqsadlaridan biri sifatida belgilab berildi. 
Majburiy zaxira stavkalarini tijorat banklarining o‘rta va uzoq 
muddatli depozitlariga nisbatan past darajada o‘rnatilishi banklarning 
o‘rta va uzoq muddatli resurslar jalb etish imkoniyatini sezilarli darajada 
oshiradi. Shu jihatdan olganda, Markaziy bankning majburiy zaxira 
stavkalarini tabaqalashtirilishi banklarning investitsion faolligini 
oshirish nuqtayi nazaridan muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 6-maydagi PQ-
2344-sonli “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada
oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan Bazel qo‘mitasining bank nazorati 
bo‘yicha yangi talablarini mamlakat bank amaliyotiga joriy etish 
vazifasini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining 2015-yil 13-iyundagi 14/3-sonli (O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-iyuldagi 2693-sonli raqam bilan 
ro‘yxatga olingan) “Tijorat banklari kapitalining monandligiga 
qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 
yo‘riqnomasi qabul qilindi. Ushbu yo‘riqnomada respublikamiz tijorat 
banklari regulyativ kapitalining yetarliligiga nisbatan belgilangan 
minimal talablarni bosqichma-bosqich oshirib borish talabi o‘z aksini 
topdi 
157
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida//O‘zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2017. – 
№ 6 (766). – 32-b. 



Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling