O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
O‘zbekiston Respublikasida eksport-import hajmi va milliy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
O‘zbekiston Respublikasida eksport-import hajmi va milliy
valyutaning AQSh dollariga nisbatan yillik qadrsizlanish sur’ati 151 Ko‘rsatkichlar 2012y. 2013y. 2014y. 2015y. 2016y. Eksport hajmi, mlrd so‘m 14,3 15,1 14,1 12,5 12,6 Import hajmi, mlrd so‘m 12,0 13,8 13,9 11,8 12,1 149 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b. 150 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2017. – №36 (796). – 945-modda. 151 Jadval O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. 170 So‘mning 1 AQSh dollariga nisbatan almashuv kursi, so‘m 1984,00 2202,20 2422,40 2810,00 3231,48 1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 2012-2013- yillarda respublikamizda eksportning ham, importning ham hajmini o‘sish sur’ati kuzatilgan. Mazkur davrda milliy valyutaning AQSh dollariga nisbatan yuqori qadrsizlanish sur’ati kuzatilgan (11,0%). 1-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2013-2015-yillarda eksport hajmining pasayish tendensiyasi kuzatilgan. Holbuki, ushbu davrda so‘mning AQSh dollariga nisbatan yuqori qadrsizlanish sur’ati kuzatilgan. Demak. Ushbu devalvatsiya eksportni rag‘batlantirishga xizmat qilmagan. 2014-2015-yillarda import hajmining sezilarli darajada qisqarishi kuzatilgan. Bunda esa, milliy valyutaning qadrsizlanishi muhim rol o‘ynagan. Chunki, mazkur davrda so‘mning AQSh dollariga nisbatan qadrsizlanish sur’ati16,0 foizni tashkil etgan va buning natijasida import sezilarli darajada qimmatlashgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2017- yilning 5-sentyabridan boshlab respublikamizning yuridik shaxslariga joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun tijorat banklarida chet el valyutasini cheklovlarsiz sotib olish joriy qilindi 152 . Shuningdek, Mazkur Farmonda belgilangan milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini belgilashda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llash to‘g‘risidagi talabdan kelib chiqqan holda, so‘mning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal almashuv kursi 8100,00 so‘m qilib belgilandi. Bu esa, bungacha amal qilgan almashuv kursidan qariyb ikki barobar yuqoridir. Natijada, iqtisodiyotning real sektori 152 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrdagi PF-5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni//O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. – Toshkent, 2017. – №36 (796). – B. 55. 171 korxonalarining importni to‘lash va xorijiy valyutalardan olingan bank kreditlarini qaytarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini keskin oshishiga olib keldi. Oqibatda, import hajmini qisqarishi va xorijiy valyutadagi kreditlarni qaytara olmaslik ehtimoli kuchaydi. E’tirof etish joizki, inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish masalasi kun tartibiga qo‘yilishi bilan Markaziy bankning kurs siyosatini takomillashtirishning dolzarbligi yanada oshdi. Buning sababi shundaki, inflyatsion targetlash rejimiga o‘tilgandan so‘ng monetar siyosatning yangi indikatori, ya’ni inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichi paydo bo‘ladi. Bunday sharoitda monetar siyosatning amaldagi indikatorlaridan foydalanish amaliyoti qanday o‘zgaradi, degan jiddiy masala yuzaga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish vazifasi qo‘yilgan 153 . Monetar siyosatning 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarida 2016-yilda kurs siyosati mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi va ichki bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga qaratilganligi hamda ushbu maqsadga erishishda 2016-yil davomida so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashuv kursini bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi e’tirof etilgan 154 . Ammo so‘mning AQSh dollariga nisbatan devalvatsiya sur’ati 2016-yilda 15-foizni tashkil etgan. Bu esa, yuqori darajadagi qadrsizlanish sur’ati bo‘lib, importning sezilarli darajada qimmatlashishiga olib keldi. Qat’iy belgilangan almashuv kursini joriy qilish ma’lum darajada inflyatsiyani jilovlab turish imkonini beradi, ammo uning moslashuvchan bo‘lmaganligi sababli inflyatsiyani pasayish sur’atlari sekin kechadi. Agar mamlakatda milliy valyutaning nominal almashuv kursi xorijiy valyutaga nisbatan qat’iy belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, u holda, 153 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. Normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy e’lon qilish bo‘limi. www.lex.uz . 154 Monetar siyosatning 2017-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari//Bozor, pul va kredit. – Toshkent, 2017. – №1. – 22-b. 172 inflyatsiya darajasini mamlakatning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan mamlakatlardagiga nisbatan yuqori bo‘lishi milliy valyutaning real almashuv kursini oshishiga olib keladi. Bunday sharoitda mehnat unumdorligining tegishli ravishda oshmasligi mamlakat korxonalarining tashqi raqobatbardoshligiga jiddiy putur yetkazadi va iqtisodiy o‘sish sur’atining sekinlashishiga olib keladi. Xalqaro amaliyotda aynan shunday holat 1996-yilning oxirida Chexiya Respublikasida kuzatildi. Ushbu holatning sabablari o‘rganilganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Chexiyada real ish haqining o‘sish sur’ati mehnat unumdorligining o‘sish sur’atidan yuqori bo‘ldi, eksport sohasida qiyinchiliklarning yuzaga kelishi natijasida mamlakat hukumati milliy valyutani devalvatsiya qilishga majbur bo‘ldi. Davlat byudjeti defitsitining yuqori darajada bo‘lishi (byudjet defitsitining YaIMga nisbatan darajasining 3 foizdan oshmasligi normal holat hisoblanadi) va uni Markaziy bankning kreditlari hisobidan qoplanishi muomalaga tovarlar bilan ta’minlanmagan pullarning chiqishiga, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini oshishiga olib keladi. Natijada inflyatsiya kuchayib, monetar siyosatning samaradorligi pasayadi. O‘z navbatida, muomalada pullar taklifining ko‘payishi inflyatsiya darajasining oshishiga va, natijada, davlat byudjeti xarajatlarining oshishiga olib kelishi mumkin. F.Mishkinning fikriga ko‘ra, umumiy ishlab chiqarish hajmi va foiz stavkasi davlat byudjeti xarajatlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikka, soliqlar bilan esa, teskari bog‘liqlikka ega 155 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling