O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/99
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1816976
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
Bog'liq
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun berilgan savollar 
1. Inflyatsiya nima? 
2. Inflyatsiya qanday yuzaga keladi? 
3. Inflyatsiya va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida qanday bog‘liqlik 
mavjud? 
4. Inflyatsiya va davlat byudjeti defitsiti o‘rtasida qanday bog‘liqlik 
mavjud? 
5. Inflyatsiyaga qarshi siyosat deganda nimani tushunasiz? 
6. Inflyatsion targetlash nima? 
7. Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish uchun qanday shartlar 
bajarilishi lozim? 
132
“Die Banken in der Schweiz – Swiss National Bank, 2001” ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblandi. 


 
140 
6-BOB. MONETAR SIYOSATNI AMALGA OSHIRISHDA 
XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI 
 
6.1-§. Taraqqiy etgan mamlakatlarda monetar siyosat 
Angliya Markaziy banki 1694-yilda tashkil etilgan. Garchi 
Shvetsiya Markaziy banki – Riksbank dunyoda birinchi bo‘lib tashkil 
etilgan bo‘lsada, muomalaga banknotalarni chiqargan va tijorat 
veksellarini hisobga olishni boshlagan birinchi Markaziy bank bo‘lib, 
Angliya Markaziy banki hisoblanadi. 
Riksbank birinchi bo‘lib muomalaga oltin tangalar bilan 
ta’minlangan depozit sertifikatlarini chiqargan. 
Angliya 
Markaziy 
banki 
pul-kredit 
siyosatining 
quyidagi 
instrumentlaridan foydalanmoqda: 
A. Qayta moliyalash siyosati. 
Angliya Markaziy banki hozirgi davrda mamlakat tijorat banklariga 
ikki xil usulda kreditlar bermoqda: 
* tijorat banklarining balansidagi trattalarni Markaziy banklar qayta 
hisobga olish yo‘li bilan berilayotgan kreditlar; 
* Angliya banklarining balansidagi qimmatli qog‘ozlarni garovga 
olish yo‘li bilan kreditlar. 
B. Ochiq bozor siyosati. 
Angliya Markaziy banki ochiq bozor siyosati doirasida to‘g‘ri 
REPO va teskari REPO operatsiyalaridan foydalanmoqda. 
To‘g‘ri REPO operatsiyasida Angliya Markaziy banki qimmatli 
qog‘ozlarni mamlakat banklariga qaytarib sotib olish sharti bilan sotadi. 
Teskari REPO operatsiyasida Angliya Markaziy banki qimmatli 
qog‘ozlarni mamlakat tijorat banklaridan qaytarib sotish sharti bilan 
sotib oladi. 
V. Valyuta siyosati. 
Angliya Markaziy banki valyuta siyosati doirasida valyuta 
intervensiyasini amalga oshiradi, Angliya hukumatining tashqi qarzini 


 
141 
to‘lashga xizmat qiladi va o‘zining balansidagi oltin-valyuta zaxiralarini 
boshqaradi. 
Angliyada Hukumat xorijiy valyutalarda zaxiralarga ega emas. 
Davlatga tegishli barcha oltin-valyuta zaxiralari Angliya Markaziy 
bankining balansiga o‘tkazilgan. Shu sababli, Hukumatning tashqi qarzi 
Angliya Markaziy bankining balansidagi valyuta zaxiralari hisobidan 
to‘lanadi. To‘langan tashqi qarzning funt sterlingdagi ekvivalenti 
Hukumatning joriy hisobraqamidan yechib olinadi. 
G. Depozit siyosati. 
Angliya Markaziy banki Hukumatga va tijorat banklariga tegishli 
vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zining muddatli depozit 
hisobraqamlariga jalb qiladi va ularga foiz to‘laydi. 
Angliya Markaziy banki majburiy zaxira siyosatidan pul-kredit 
siyosatining instrumenti sifatida foydalanmaydi. 
Angliya Markaziy banki 1997-yilgacha nazorat funksiyasiga ega 
edi, ya’ni tijorat banklari faoliyatini nazorat qilar edi. Ammo 1997-yilda 
tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish vakolati “Moliyaviy tartibga 
solish va nazorat” boshqarmasiga berildi. 
1-jadval 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling