O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti t. I. Bobakulov, U. A. Abdullayev, J. Ya. Isakov
Xitoyda milliy valyutaning nominal almashuv kursi va eksport
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
МОН.СИЁСАТ ДАРСЛИК
Xitoyda milliy valyutaning nominal almashuv kursi va eksport
hajmi 138 Ko‘rsatkichlar yillar 2017- yilda 2013- yilga nisbatan o‘zgarishi 2013 2014 2015 2016 2017 Yuanning 1 AQSh dollariga nisbatan nominal almashuv kursi, yuan 6,0969 6,1190 6,4936 6,9370 6,5342 0,44 p. Eksport hajmi, mlrd AQSh dollarida 2210,2 2345,0 3501,1 3024,7 2422 3464,1 3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Xitoy eksportni rag‘batlantirish maqsadida milliy valyutaning nominal almashuv kursini past darajada saqlab turmoqda. 2013-2017-yillarda yuanning AQSh dollariga nisbatan nominal almashuv kursi barqaror bo‘lgani holda, 2017-yilda 2016-yilga nisbatan 0,4 foizli punktga oshgan. Yuanning nominal almashuv kursini past va barqaror darajada saqlab qolinganligi eksport hajmini oshishiga kuchli turtki bergan. Xitoyda pul massasining o‘sish sur’atining barqarorligini ta’minlanganligi va naqd pullarga bo‘lgan talabning yuqori emasligi Xitoy Xalq banki tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosatining ijobiy jihatlaridan biri hisoblanadi. 138 Xitoy Xalq banki sayti ma’lumotlari. 149 4-jadval Xitoyda pul massasining yillik o‘sish sur’atlari va naqd pullarning M2 pul agregatidagi salmog‘i 139 (foizda) Ko‘rsatkichlar 2013 y. 2014 y. 2015 y. 2016 y. 2017y. Pul massasining yillik o‘sish sur’ati (M2 pul agregati bo‘yicha) 13,6 12,2 13,3 11,3 8,1 M2 pul agregati tarkibida naqd pullarning salmog‘i 5,2 4,9 4,5 4,4 4,2 4-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Xitoyda pul massasining o‘sish sur’ati 2013-2017-yillarda barqaror bo‘lgan. Buning ustiga, 2017- yilda pul massasining o‘sish sur’ati 2013-yilga nisbatan 5,5 foizli punktga pasaygan. Bu esa, pul-kredit siyosatini takomillashganligidan dalolat beradi. 4-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, Xitoyda 2013- 2017-yillarda naqd pullarning M2 pul agregati tarkibidagi salmog‘i past va barqaror darajada bo‘lgan. Buning ustiga, 2017-yilda naqd pullarning M2 pul agregatidagi salmog‘i 2013-yilga nisbatan 1,0 foizli punktga pasaygan. Bu esa, naqd pullarga bo‘lgan talabning barqaror ekanligidan va naql pul aylanmasini to‘g‘ri tashkil qilinganligini ko‘rsatadi. 2015-yil 30-noyabrda Xalqaro valyuta fondi (XVF) Xitoy yuanini xalqaro rezerv valyuta sifatida tan oldi. Chunki, ushbu sanada XVF tomonidan yuanni SDRning valyuta savatiga kiritish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. SDR XVFning xalqaro hisob birligi bo‘lib, uning qiymati valyuta savati orqali aniqlanadi. Uning valyuta savatining tarkibi har 5 yilda ko‘rib chiqiladi. So‘nggi marta SDRning valyuta savati 2011-yilda ko‘rib chiqilgan edi. Uning savati tarkibi 2016-yil kuzda ko‘rib chiqiladi va Xitoy yuani SDRning valyuta savatiga beshinchi valyuta bo‘lib 139 Xitoy Xalq banki sayti ma’lumotlari. 150 kiradi. Yuanning SDRni valyuta savatidagi ulushi 10,92% qilib belgilandi. Qozog‘iston Respublikasida monetar siyosatni Qozog‘iston Milliy bankining “Monetar operatsiyalar” departamenti amalga oshiradi. Pul muomalasini esa, “Naqd pullar bilan ishlash” boshqarmasi amalga oshiradi. “Naqd pullar bilan ishlash” boshqarmasi “Monetar operatsiyalar” departamentiga bo‘ysunmaydi. Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki monetar siyosatining o‘ziga xos bo‘lgan ijobiy jihatlari quyidagilardan iborat: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling