177
Boshqaruv qarorlari qabul qilishning dastlabki bosqichida korxona
bo‗linmalari amaliyotidagi muammolarni aniqlashga e‘tibor qaratiladi. Bu
bosqichda korxona buxgalteri tomonidan mavjud muammoni hal etish yo‗nalishlari
ishlab chiqiladi.
Muammolar yechimlarining muqobil variantlari
aniqlangandan keyin
buxgalter har bir muhokama qilinayotgan variantlarni xarajatlarni hisoblash,
moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini tejash imkoniyati hamda xo‗jalik
muomalalarining moliyaviy natijalarini aniqlashga ta‘sirini tahlil qiladi.
Boshqaruv qarorlari qabul qilishning har bir
bosqichida turli xil hisob
axborotlaridan foydalaniladi.
Boshqaruv hisobida oqilona boshqaruv qarorlari qabul qilishda mavjud
muammolar yechimiga ko‗p variantlilik tamoyili asosida yondashish talab qilinadi.
Bunda muhokama qilinayotgan masalaning ikki yoki
undan ortiq variantdagi
yechimi mavjud bo‗lsa, ular orasida eng maqbulini tanlab olish boshqaruv
hisobidagi muhim vazifalarda hisoblanadi.
Tanlash jarayonida menejer uchun boshqaruv
samaradorligini baholash
muhim hisoblanadi.
Qo‗yilgan muammoni yechish uchun talab qilinadigan barcha axborotlar
olingach, menejerlar qarorlar qabul qilishning samarali
variantlarini tanlashlari
mumkin.
Keyingi bosqichda korxona buxgalteri qabul qilingan qarorlar natijalarini
tahlil qiladi va o‗z xulosalarini rahbariyatga taqdim etadi.
Agar mavjud muammolarning yechimlarini topish borasida boshqa choralar
ko‗rish zarurati bo‗lmasa, boshqaruv qarorlari qabul
qilish jarayoni tugallangan
hisoblanadi, aks holda barcha bosqichlar qaytadan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: