O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
12.1-jadval
Menejment atamasining mohiyati va mazmuniga mavjud yondoshuvlar Menejmentning mohiyati quyidagicha aniqlanadi Vazifa, faoliyat turi Fan va san‘at Boshqaruv organi yoki apparat Jarayon Insonlar kategoriyasi Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, menejmentning ko‗p yillik rivojlanishi boshqaruv faoliyatini ishlab chiqarish vazifasidan farq qiluvchi alohida vazifaga ajratadi. 172 Boshqaruv vazifa sifatida u tomonidan boshqaruv vazifalari, deb nom olgan boshqaruv jarayonlarini amalga oshirishda namoyon bo‗ladi. Ular birinchi marta fransuz olimi A.Fayol tomonidan asoslangan edi. Bu vazifalar rejalashtirish, tashkil etish, farmoyish berish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish kabilardan iborat. Keyinchalik, boshqaruv jarayonlarini yanada mukammallashtirish hisobiga ko‗pgina ishlanmalarda bu vazifalar to‗ldirib borilgan. Jumladan, menejment vazifalariga motivlashtirish, kommunikatsiya, tadqiq etish, baholash, qarorlarni qabul qilish kabilar qo‗shildi. Menejmentni vazifa sifatida ko‗rib chiqish boshqaruv faoliyatini hamma turlarining tarkibi va mazmuni, shuningdek, ularni zamon va makondagi o‗zaro aloqadorligini ishlab chiqishni talab etadi. Menejment mustaqil fan sifatida XIX asrning oxirida shakllana boshladi. Uning asosini ko‗p yillar davomida to‗planib borgan boshqaruv to‗g‗risidagi bilimlar tashkil etadi. Ular turli konsepsiyalar, nazariyalar, tamoyillar, boshqaruv uslublari va shakllarida o‗z aksini topgan. Menejmentning fan sifatidagi ta‘rifi asosida boshqaruv xususidagi bilimlarning shakllanganligi va muayyan tizimga keltirilganligiga alohida o‗rin beriladi. Bu esa birinchidan, korxonalarga joriy faoliyatni o‗z vaqtida samarali boshqarishga, ikkinchidan esa istiqbolni belgilash va unga mos korxonaning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqishga imkon beradi. Shu bois, boshqaruv fani o‗zining nazariyasini ishlab chiqadi. Uning mazmunini esa boshqarish jarayonida insonlar faoliyatining qonun va qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va uslublari tashkil etadi. Amaliyotda menejmentni san‘at sifatida tushunish keng tarqalgan. U xo‗jalik korxonalari murakkab tizim ekanligi va ularning faoliyatiga bir nechta tashqi va ichki muhit omillari ta‘sir etishiga asoslanadi. Bunday murakkab mexanizmni boshqarish yuqori sifat darajadagi kasbiy tayyorgarlikni talab etadi. Shuning uchun ham menejment san‘at sifatida talqin qilinadi va u tegishli konsepsiya, nazariya, tamoyillar, shakl va uslublarga tayanadi. Bu kabi yondoshuvlar korxona menejerlariga nafaqat ilmiy bilimlarni doimo to‗ldirib, yangilab borish, balki shaxsiy sifatlarni takomillashtirib borish, o‗z 173 bilimlarini amaliyotda qo‗llash layoqatini mustahkamlashni talab qiluvchi fan va san‘atni bir jarayonga birlashtirishga imkon beradi. Korxonalarda ishlovchi xodimlar o‗z kuch va imkoniyatlarini aniq maqsadlarga erishishga yo‗naltirishlari uchun menejerlar ular bilan doimo aloqadorlikda bo‗lishlari va samarali faoliyat ko‗rsatishlari uchun sharoit yaratib berishlari zarur. Menejment shuningdek, integratsion jarayon sifatida ham talqin qilinadi. Uning asosida yuqori kasbiy malakaxga ega mutaxassislar korxona faoliyatini tashkil etadi va maqsadlarni aniqlash, ularga erishish uslublarini ishlab chiqish yo‗li bilan korxonani boshqaradilar. Ta‘kidlanganidek, menejment jarayoni rejalashtirish, tashkillashtirish, muvofiqlashtirish, motivatsiya va nazorat qilish kabi vazifalarni bajarishni nazarda tutadi. Ular yordamida menejer korxonada ishlovchi xodimlarning samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun sharoit yaratadi. Shu munosabat bilan boshqaruv jarayonini menejment sohasida yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega mutaxassislar amalga oshiradi. Ular korxona faoliyatini yuritadilar, maqsadlarni belgilaydilar, unga erishish usullarini ishlab chiqib amalda qo‗llaydilar. Bu san‘atga ma‘lum bir insonlar kategoriyasi – menejerlar ega bo‗lishlari lozim. Ularning vazifasi xodimlarni oqilona boshqarish natijasida korxonani samarali faoliyat yuritishini ta‘minlashdan iborat. Ko‗p hollarda menejment organ yoki boshqaruv apparati bilan tenglashtiriladi. Menejment-tijorat va notijorat korxonalarning o‗ziga xos organidir. Korxona bu organlarsiz bir butun tizim sifatida faoliyat ko‗rsata olmaydi. Shuning uchun boshqaruv apparati har qanday korxonani tarkibiy qismi hisoblanib menejment faoliyatiga tenglashtirildi. Unda band bo‗lgan xodimlarning bosh vazifasi pirovard maqsadga erishish uchun korxona ixtiyoridagi barcha resurslardan samarali foydalanishni ta‘minlashdan iboratdir. Shunday qilib ―menejment‖ atamasi boshqaruv xususidagi adabiyotlarda juda keng talqin etiladi. Binobarin, uning har qanday ta‘rifi to‗liq emas. Masalan, menejment har xil tamoyillar, vazifalar va menejmentning sotsial-iqtisodiy 174 uslublaridan foydalanish asosida bozor iqtisodiyoti sharoitida harakat qiluvchi korxonalarning optimal xo‗jalik natijalariga erishishga qaratilgan kasbiy faoliyatining o‗ziga xos turi. Bu ta‘rifda urg‗u menejment kasbiy faoliyat turi ekanligiga berilmoqda. Menejment alohida insonlar va jamoalarga tizimiy ta‘sir etishni ta‘minlaydi. Bundan maqsad, kelishilgan holda birgalikda faoliyat ko‗rsatib, ko‗zlangan maqsadga erishishdan iborat. Shuningdek, menejment harakatlarni tanlash, ularni kombinatsiyalash, ketma-ketligini belgilash, pirovard natijalarni baholashni nazarda tutadi. Hozirgi zamon menejmentining quyidagi o‗ziga xos xususiyatlari mavjud: 1 ishlab chiqarish va biznes samaradorligini oshirishga intilish hamda korxona tomonidan rejalashtirilgan pirovard natijaga erishishga yo‗naltirilganlik; 2 tashqi muhitdagi o‗zgarishlarga bog‗liq holda belgilangan maqsadlar va dasturlarga doimo ravishda tuzatish kiritib borish; 3 rejalashtirish jarayonini joriydan istiqbolga qarab o‗zgartirish; 4 boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ko‗p variantli hisoblarni amalga oshirish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanish; 5 korxona faoliyatini samarali boshqarishga barcha xodimlarni jalb etish; 6 boshqaruv jarayonida ro‗y berayotgan o‗zgarishlarni tahlil etish va tegishli moslashuvchan qarorlar asosida ish olib borish; 7 korxona boshqaruvining barcha bo‗g‗inlarida innovatsion yondashuvdan keng foydalanish va h.k.lar. Korxonani samarali boshqarish xodimlarni qo‗yilgan maqsadga erishish uchun moddiy, iqtisodiy, huquqiy sharoitlardan foydalanib birgalikda harakat qilishlarini tashkil etadi. Xodimlar faoliyatining sharoitlari yaxlit holda korxonaning tashkiliy tuzilmasini tashkil etadi. Shu sababli, korxonani resurslar, ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot kabi uch elementdan iborat tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Bunda boshqaruv qismi ob‘ektning holati to‗g‗risidagi va 175 boshqa axborotlardan foydalanib qarorlar qabul qilish orqali boshqaruv jarayonini amalga oshiradi (12.1-rasm). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling