162
Pul oqimlari farazi / Pul mablag‘lari byudjeti. Bu byudjet kompaniyaning
umumiy faoliyatini rejalashtirish jarayonida
eng muhim byudjet hisoblanadi, shu
sababli uning asosiy maqsadlari va ishlab chiqish qoidalari keyinchalik alohida
bo‘limda ko‘rib chiqiladi.
Moliyaviy natijalar to‘g‘risida farazli hisobot. Umuman
kompaniya
uchun moliyaviy ahvolning farazini yoki buxgalteriya balansi loyihasini ishlab
chiqish umumiy byudjetni tayyorlash jarayonidagi so‘nggi qadamdir. Unda
rejalashtirilgan faoliyat haqiqatda amalga oshishi nazarda tutiladi.
12.1. rasmda ko‘rsatilganidek, barcha byudjetlardagi ma‘lumotlardan shu
prognoz uchun foydalaniladi. Pul mablag‘lari byudjeti tayyorlangandan so‘ng
byudjet davri oxirida pul mablag‘larining prognoz qoldig‘ini
bilib va sof foyda
hamda zarur kapital yotqizish hajmini aniqlab,
buxgalter prognoz balansini
tayyorlash mumkin bo‘ladi, bu balans asosiy byudjetni tuzish jarayonining qoldiq
mahsulidir.
Rahbariyat ayni shu nuqtada taklif etilgan umumiy byudjetni qabul qilish
yoki rejalarni o‘zgartirib, byudjetning ayrim qismlarini yana ko‘rib
chiqishni hal
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: