O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pul mablag‘lari byudjeti.
Byudjetning bajarilishi. Byudjetning bajarilishi uchun butun ma‘suliyat
byudjet tuzish bo‘yicha direktorning zimmasiga tushadi. Bu jarayonning muvaffaqiyatini ikki muhim jihat belgilaydi. Birinchidan, kompaniyaning barcha ma‘sul shaxslari nimalar kutilayotganini va maqsadlarni aniq va to‘g‘ri tushunishlari zarur. Kompaniyaning faoliyatiga jalb etilgan barcha shaxslar ulardan nimani kutishayotganini bilishlari va o‘z maqsadlariga qanday erishish to‘g‘risida ko‘rsatma olishlari lozim. Ikkinchidan, yuqori rahbariyat tomonidan qo‘llab- quvvatlash va uni rag‘batlantirish tizimi ham juda muhimdir. Byudjet tuzish jarayoni qanchalik murakkab bo‘lmasin, o‘rta va quyi darajadagi rahbarlar oliy rahbariyat qoldiq natijalardan haqiqatan manfaatdorligiga byudjetning rejalashtirilgan maqsadlari bajarilishini rag‘batlantirishiga ishonch hosil qilsalargina bu jarayon muvaffaqiyatli bo‘ladi. Byudjetning ijrosini baholash haqiqatda erishilgan natijalar byudjetda 163 rejalashtirilganidan chetga chiqqanligini tahlil qilishga asoslanadi. Chetga chiqishni (og‘ishni) belgilash va ularning vujudga kelishining sabablarini aniqlash masalalari me‘yoriy xarajatlarni hisobga olish va og‘ishlarni (chetga chiqishni) tahlil qilish tizimiga bag‘ishlangan navbatdagi bobda batafsil ko‘rib chiqiladi. Pul mablag‘lari byudjeti. Pul mablag‘larining xarakatlari korxona operatsiya tsiklining eng muhim jihatlaridan biridir. Umumiy byudjetni tayyorlash doirasida pul mablag‘lari byudjeti barcha davriy byudjetlar, kapital sarflar byudjeti, foyda va zararlar to‘g‘risidagi farazli hisobot tugallangandan keyingina ishlab chiqiladi. Pul mablag‘lari byudjeti (yoki pul oqimlari farazi) kelgusi davrdagi pul mablag‘lari tushumi va to‘lovlar rejasidan iborat. Unda umumiy byudjetning barcha fazalarida rejalashtirilgan operatsiyalar natijasida vujudga keladigan barcha pul mablag‘lari oqimini jamlaydi. Byudjet umuman byudjet davri oxirida pul mablag‘lari schetidagi kutilayotgan pirovard qoldiqni va yilning har bir oyi uchun moliyaviy ahvolni ko‘rsatadi va shuning uchun byudjet tuziladi. Shu tariqa pul mablag‘lari miqdori eng ko‘p va eng kam bo‘ladigan davrlar rejalashtirilishi mumkin. Pul mablag‘lari schetidagi katta qoldiq moliyaviy vositalardan mumkin bo‘lgan eng ko‘p samaradorlik bilan foydalanilmaganini bildiradi. Past daraja esa korxona joriy majburiyatlarini to‘lashga qodir emasligini ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli pul mablag‘larini puxta rejalash zarur. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling