O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Pul mablag‘lari byudjetining tuzilishi va vazifalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Pul mablag‘lari byudjetining tuzilishi va vazifalari. Pul mablag‘lari 
byudjeti ikki qismdan kutilayotgan pul mablag‘lari tushumi va kutilayotgan 
to‘lovlardan iborat. Davr mobaynida kutilayotgan tushumlarni aniqlash uchun 
sotish byudjetidagi axborotdan, kreditga sotish yoki naqd pulga sotish to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlardan, olinishi lozim bo‘lgan schetlar bo‘yicha mablag‘ to‘plash tartibi 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlardan foydalaniladi. Shuningdek, aktsiyalarni sotish, 
aktivlarni sotish, qarz olish foiz va dividentlarni olish kabi boshqa manbalardan pul 
mablag‘lari oqimi rejalashtiriladi. 
Kutilayotgan to‘lovlar summasi turli davriy byudjetlardan olinadi. Pul 
mablag‘lari byudjetini tayyorlashga javobgar shaxs davrda materiallarga va ishchi 


164 
kuchiga qanday xarajatlar ko‘zda tutilganini, qanday tovarlar va xizmatlarni sotib 
olish zarurligini, shuningdek ularga darhol haq to‘lanishi yoki to‘lovni kechiktirish 
mumkinligini bilishi kerak. Shu munosabat bilan kompaniyaning to‘lovlar 
siyosatini va to‘lash muhlatlarini bilish juda muhimdir. 
Doimiy joriy sarflardan tashqari pul mablag‘laridan uskunalarni va boshqa 
aktivlarni sotib olishga, qarzlarni qaytarishga va boshqa uzoq muddatli 
majburiyatlarni to‘lashga sarflanishi mumkin. Bu axborotlarning hammasi pul 
mablag‘larining to‘g‘ri byudjetini tuzish uchun to‘plash zarur bo‘ladi. 
Byudjet mablag‘lari byudjeti ikki maqsadni ko‘zlaydi. Birinchidan, u 
byudjet davri oxirida pul mablag‘lari schetida pirovard qoldiqni ko‘rsatadi. Bu 
qoldiq miqdorini buxgalteriya farazli (istiqbolli) balansi tugallanishiga qadar bilish 
zarur. Ikkinchidan, byudjet davri ichida har oyning oxirida pul mablag‘lari 
qoldig‘ini faraz qilib, moliyaviy resurslar ortiqcha yoki etishmagan davrlarni 
aniqlaydi.
12.3. Asosiy smetani tuzish jarayonlari 
AVS kompaniyasi moy va yonilg‘i nasoslari ishlab chiqarmoqchi bo‘lyapti. 
Quyidagi boshlang‘ich ma‘lumotlar mavjud: 
Asosiy materiallar qiymati: 
Latun 
$ 1.20/kg 
Alyuminiy 
$ 2.60/kg 
Asosiy ishchilar ish haqi stavkasi 
$ 2.05/soat 
Mahsulot birligiga materiallar va ishchi kuchiga ehtiyoj: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling