159
xarid muddati aniqlanadi. Materiallardan foydalanish ishlab chiqarish byudjetida
va moddiy zahiralarning taxmin qilingan darajasida aniqlanadi. Materiallar birligi
miqdorini shu materiallarga xarid va sotuv narxlariga ko‘paytirilib,
materiallarni
xarid qilish byudjeti olinadi.
E. Mehnat sarflari byudjeti. Bu byudjet rejalashtirilgan ishlab chiqarish
hajmini bajarish uchun talab qilinadigan zarur ish vaqti soatlari mahsulot yoki
xizmat birligi miqdorini mahsulot birligiga mehnat soatlari sarfini ko‘paytirish
yo‘li bilan hisoblanadi. Shu hujjatda yoki alohida
hujjatda mehnat sarfi zarur
mehnat sarfini mehnatga haq to‘lashning tegishli soat stavkalariga taqsimlab, pul
bilan ifodasi aniqlanadi.
F. Umumiy ishlab chiqarish sarflari byudjeti. Bu byudjet materiallarning
to‘g‘ri (bevosita) xarajatlaridan bevosita mehnat xarajatlaridan farq qiladigan
nazarda tutilgan ishlab chiqarish xarajatlarining batafsil rejasi bo‘lib,
kelgusi
davrda ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun shu xarajatlar qilinishi kerak. Bu
byudjetning ikki maqsadi bor:
1)
Ishlab chiqarish va unga xizmat qilish bo‘yicha menejer, ishlab
chiqqan barcha umumiy ishlab chiqarish sarflari byudjetlarini birlashtirish.
2)
Bu axborotlarni to‘plab, bu sarflarni kelgusi hisob davrida
mahsulotning ayrim turlariga yoki xarajatlarni kalkulyatsiyalashning
boshqa
ob‘ektlariga taqsimlash uchun shu xarajatlar normativlarini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: