O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Rejalashtirish. Asosiy reja echimlari odatda dasturni tayyorlash jarayonida 
ishlab chiqiladi, byudjetni tayyorlash jarayonining o‘zi ham mohiyat jihatidan bu 
rejalarga aniqlik kiritishdir. Bunda ayrim bo‘linmalar bo‘yicha yoki 
kompaniyaning vazifalari bo‘yicha yaqin davrdagi operatsiyalarga aniqlik 
kiritiladi. 
Muvofiqlashtirish va aloqa. Har bir ma‘suliyat markazi boshqa ma‘suliyat 
markazlariga ta‘sir qiladi va o‘zi ham ularning faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Byudjetni ishlab chiqish jarayonida faoliyatning ayrim turlari tashkilotning barcha 
bo‘linmalari korxonaning umumiy maqsadini amalga oshirib, o‘zaro kelishib 
ishlaydigan tarzda muvofiqlashtiradi. Ishlab chiqarish rejalari marketing 
bo‘limining rejasi bilan muvofiqlashtirilishi juda muhimdir, ya‘ni rejalashtirilgan 
sotuv hajmiga va tayyor mahsulotning pirovard zahiralarining istalgan darajasiga 
muvofiq mahsulot ishlab chiqarish muhimdir. Materiallarni xarid qilish rejasi 
ishlab chiqarish byudjetida belgilangan mahsulot miqdorini ishlab chiqarishga 
asoslanishi kerak va xokazo. 
Rahbariyat 
rejalari 
barcha 
ijrochilar 
bu 
rejalarning 
mazmunini 
tushunmagunlaricha bajarilmaydi. Ularda qancha xizmat va tovarlarni ishlab 
chiqarish zarur, qanday odamlardan, qanday usullardan foydalanish zarur; qancha 
xom-ashyo va materiallarni sotib olish zarur, sotish uchun qanday narx belgilash, 
kelgusida qanday siyosatga va qanday cheklashlarga amal qilish kerak? - shu kabi 
aniq bandlar bo‘ladi. Bunday axborotga reklamaga, texnik xizmat ko‘rsatishga 
sarflanishi mumkin bo‘lgan eng ko‘p summa, ma‘muriyat sarflari, ish haqi stavkasi 
va ish vaqti miqdori, mahsulot sifatining zarur darajasi misol bo‘la oladi. 


156 
Tasdiqlangan byudjet bu rejalardagi miqdor axborotini va mavjud cheklashlarni 
muvofiqlashtirish uchun eng muhim vositadir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling