O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Takrorlash uchun savollar 
1. Xarajatlarni to‘la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan 
tannarxni o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha kalkulyatsiya qilish o‘rtasidagi 
tafovutni tushuntirib bering? 
2. Tannarxni o‘zgaruvchi xarajatlar bo‘yicha kalkulyatsiyalash (direkt- 
yoki veribl-kosting)ga ta‘rif bering? 


150 
3. Xarajatlarni to‘la taqsimlab kalkulyatsiyalash va tannarxni o‘zgaruvchi 
xarajatlar bo‘yicha kalkulyatsiyalashning foyda miqdoriga ta‘sirini aniqlang? 
4. Xarajatlarni to‘la taqsimlab va o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha 
tannarxni kalkulyatsiya qilishni quvvatlovchi dalillarni tushuntirib bering? 


151 
11-BOB.
 
SMETA TUZISH 
11.1. Asosiy smeta ta‘rifi va budjet turlari 
Rejalashtirish nazorat bilan bir qatorda boshqaruvning eng muhim 
vazifalaridan biri bo‘lib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan xarakatlarni aniqlash 
jarayonidir. 
Byudjetni rejalashtirish bu jarayonning eng batafsil darajasi bo‘lib, bu 
tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari bo‘yicha yoki faoliyat sohalari bo‘yicha 
rahbariyat tasdiqlagan dasturlar asosida ishlab chiqilgan alohida byudjetlarni 
tayyorlash jarayonidir. Ba‘zan bu atama ba‘zan qabul qilingan strategiya doirasida 
korxona darajasida rejalashtirishning taktik maqsadlarini tanlashning yaxlit tizimi, 
kompaniyaning kelgusidagi opreatsiyalari rejasini (xarajatlar va daromadlar 
smetasini) ishlab chiqish va shu rejalar bajarilishini nazorat qilish, ya‘ni mohiyat 
e‘tibori bilan ichki moliyaviy boshqarish tizimi sifatida talqin qilinadi. 
Rejalar quyidagicha turkumlanishi mumkin:
38
 
1. Operativ reja — bu firma maqsadlariga erishish bilan bevosita bog‘liq 
taktik reja. Ular yillik yoki uch oylik byudjetlar sifatida tuzilgan qisqa muddatli 
rejalardir. Ishlab chiqarish rejasi, moddiy-texnika ta‘minoti rejasi, umumiy ishlab 
chiqarish sarflari rejasi operativ rejaga misol bo‘la oladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling