O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Ko‘rsatkichlar 
1 Yil 
2 Yil 
Mahsulotni sotish 
1 000 b. 
1 200 b. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot 
1 400 b. 
1 000 b. 
Sarflar: 
Ishlab chiqarish: 
O‘zgaruvchi 
700 sh.b. 
500 sh.b. 
Doimiy 
700 
700 
Tijorat: 
O‘zgaruvchi 
100 
120 
Ma‘muriy: 
Doimiy 
400 
400 
Talab qilinadi: 1. Abzorpshen-kostingni qo‘llanib, har yilgi foyda va zararlar 
to‘g‘risida hisobot tayyorlang 
2. Direkt-kostingni qo‘llanib, har yilgi foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot 
tayyorlang 
3. Yuqorida aytilgan usullardan foydalanish natijasida har yilgi olinadigan 
operatsion foydadagi farqni tushuntiring. 
8-2. Mavis kompaniyasi standart xarajatlarga asoslangan abzorpshen-kosting 
usulidan foydalanadi. O‘zgaruvchi ishlab chiqarish sarflari, materiallar sarflari 
qo‘shilgan holda mahsulot birligi 3 sh.b. ni tashkil qildi; ishlab chiqarishning 
standart me‘yori – bir soatda 10 birlik. Byudjet va haqiqiy doimiy ishlab chiqarish 
ustama sarflarining umumiy miqdori 420 000 sh.b.ni tashkil qiladi. Doimiy ishlab 
chiqarish ustama sarflari soatiga 7 sh.b. stavkasi bo‘yicha taqsimlandi. (420 
000/60,000 soat baza hajmi). Har bir birlik narxi 5 sh.b. Tovarning sotilgan 


148 
birliklari hisobiga o‘tkazilgan o‘zgaruvchi tijorat sarflari va ma‘muriy sarflar 
mahsulot birligiga 1 shartli birlikka teng bo‘ldi. Doimiy tijorat va ma‘muriy sarflar 
120 000 sh.b.ni tashkil etdi. 2-yil davri boshida TMZ 30 000 birlikni, davr oxirida 
– 40 000 birlikni tashkil qildi. 2 – yilda sotilgan mahsulot hajmi
540 000 birlik. 
Mahsulot birligiga standart sarflar 1-yilda ham, 2-yilda ham o‘zgarmadi. 
Sodda bo‘lishi uchun narxda og‘ishlar, xarajatlar bo‘yicha og‘ishlar yoki ishlab 
chiqarish unumida o‘zgarishlar bo‘lmadi, deb tasavvur qiling. 
Talab qilinadi: 1. Barcha taqsimlangan va taqsimlanmagan ustama sarflar yil 
oxirida sotiladigan mahsulot tannarxi bo‘yicha tuzatish sifatida hisobdan 
chiqarilishini nazarda tutib, 2-yil uchun foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot 
tayyorlang. 
2. Kompaniya prezidenti direkt-kosting usuli mavjudligini eshitdi. U sizdan 
direkt-kostingdan foydalanilsa, 2-yil hisoboti qanday ko‘rinishda bo‘lishini 
ko‘rsatishni so‘radi. 
3. 1- va 2-yil foydasidagi tafovutni izohlang. 
4. Ishlab chiqarish doimiy ustama sarflari abzorpshen-kostingda qanday 
hisobga olinishini ko‘rsatadigan jadval tayyorlang. Ya‘ni jadvalda ikki liniya 
bo‘ladi, biri- byudjet doimiy ustama sarflari (ular haqiqatan qilingan sarf 
hisoblanadi), ikkinchisi taqsimlash koeffitsienti uchun. Taqsimlangan va to‘la 
taqsimlanmagan doimiy ustama sarflar jadvalda qanday ko‘rsatilishi mumkinligini 
ko‘rsating. 
8-3. 2-vazifa shartlaridan foydalanilsin. 
Talab qilinadi: 1. Direkt-kostingda mahsulot birliklarida zarar bo‘lmaydigan 
nuqtani aniqlang. 
2. Abzorpshen-kostingda mahsulot birliklarida zarar bo‘lmaydigan nuqtani 
ko‘rsating. Tushuntiring. 
3. Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi bazaviy xajmga teng deb tasavvur 
qiling, lekin mahsulot sira sotilmagan. Doimiy sarflar o‘zgarishsiz qolgan. Biroq 
tijorat sarflari va ma‘muriy sarflar bo‘lmagan deb tasavvur qiling. a) direkt-
kostingdan va b) abzorpshen-kostingdan foydalanib operatsiya foydasi miqdorini 


149 
hisoblang. Javobdagi farqlarni izohlab bering. 
8-4. Qattiq iqtisodiy tanazzul davri. Kompaniya filialining menedjeri nima 
qilishni bilmay qolgan. Uni bo‘limi boshqaruv xarajatlariga xomiylik qilayotgan 
nazoratchi tashvishlantirmoqda, bu xarajatlar har qachongidan ko‘p. Shu bilan bir 
vaqtda menejer ahvoldan chiqish uchun narxni kamaytirishga majbur bo‘lmoqda. 
Talab qilinadi: 1. Kompaniya ishlab chiqarish ustama sarflarini taqsimlash 
uchun foydalana oladigan bazaviy xajmni aniqlang. 
2. Narx darajasini belgilash chog‘ida sarflarga doir axborot yanada 
foydaliroq bo‘lishi uchun ustama sarflar qanday taqsimlanishi lozim. 
3. Ishlab chiqarishga sarflar, markaz taqdim etgan xarajatlar yillik TMZni 
kalkulyatsiyalash uchun qanoatlanarli bo‘ladimi? 
8-5. Schetlar bo‘yicha quyidagi qoldiqlarni ko‘rib chiqing: tugallanmagan 
ishlab chiqarish– 200 000 sh.b.; tayyor mahsulot – 800 000 sh.b.; sotilgan 
mahsulot tannarxi – 1 000 000 sh.b. Ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha og‘ish 50 000 
birlikni tashkil qildi, bu qulay. Boshqa barcha og‘ishlar - 330 000 sh.b., bu 
ko‘ngilsiz. Kompaniya ma‘muriyati barcha og‘ishlarni tugallanmagan ishlab 
chiqarish, tayyor mahsulot va sotilgan mahsulot qiymati bo‘yicha tuzatish 
kiritilmagan qoldiqlariga mutanosib taqsimlashga qaror qildi. 
Talab qilinadi: 1. Og‘ishlarni mutanosib taqsimlash rejasini tayyorlash. 
2. Barcha og‘ish schetlarini yopadigan jurnal provodkasini tayyorlash. 
3. Haqiqatan 
qilingan 
sarflarni 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotga 
yaqinlashtirishga urinish mutanosib taqsimlash foydasiga asosiy dalildir. Bu 
misolda mutanosib taqsimlash chog‘ida qanday noaniqlikka yo‘l qo‘yish mumkin? 
Izohlab bering. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling