144
Sotilgan mahsulot ishlab
chiqarilgan mahsulotdan
ko‘p
Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarilgan mahsulotdan ko‘p bo‘lishi
zahiralarning kamayishiga olib keladi. Abzorpshen-kostingdan
foydalanganda zahiradagi birliklarning tannarxiga o‘tkazilgan doimiy
ishlab chiqarish ustama sarflarining bir
qismi sotilgan mahsulotning
tannarxi sifatida sarflarga o‘tadi. Direkt-kostingdan foydalanganda
barcha doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari ular sodir bo‘lgan
davrning xarajatlariga qo‘shilgan. Shu sababli abzorpshen-kostingda
olingan foyda direkt-kosting bo‘yicha
hisoblangan foydadan kam
bo‘ladi.
Misol:
Quyida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘yicha ma‘lumotlar
keltirilgan. Axborot uch davrni o‘z ichiga oladi.
Sotish narxi, sh.b.
10
Mahsulot birligida o‘zgaruvchi ishlab chiqarish sarflari, sh.b.
6
Davrning doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari, sh.b.
300
Noishlab chiqarish sarflari (ma‘muriy, sotish sarflari – hammasi doimiy)
100
Birinchi davr boshidagi zahiralar, birlik
0
Do'stlaringiz bilan baham: