O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Takrorlash uchun savollar 
1) Kompleks yoki qo‘shimcha ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirib 
bering? 
2) Qo‘shma mahsulotlar deganda nimani tushunasiz? 
3) Ajralish nuqtasi deganda nimani tushunasiz? 
4) Alohida xarajatlar deganda nimani tushunasiz? 
5) Qo‘shimcha mahsulotlar deganda nimani tushunasiz? 
6) Xarajatlarni taqsimlash usullarini tushuntirib bering? 
7) Sotishga asoslangan usul deganda nimani tushunasiz? 
8) Natural ko‘rsatkichlar usuli deganda nimani tushunasiz? 
9) Sof sotish qiymati usuli deganda nimani tushunasiz? 
10) Yalpi foyda doimiy ulushi usulini tushuntirib bering? 


142 
10-BOB. XARAJATLARNI TO‘LA TAQSIMLAB VA O‘ZGARUVCHAN 
XARAJATLAR BO‘YICHA TANNARXNI KALKULYATSIYA QILISH 
USULI 
10.1. Xarajatlarni to‘la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish bilan 
tannarxni o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha kalkulyatsiya qilish o‘rtasidagi 
tafovutlar. 
Xarajatlarni to‘la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiya qilish (abzorpshen-
kosting) – bu mahsulot tannarxini sotilgan mahsulotlar va omborda mahsulot 
qoldig‘i 
o‘rtasidagi 
barcha 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlarini 
taqsimlab 
kalkulyatsiyalash usulidir, ya‘ni bu usuldan foydalanganda doimiy ishlab chiqarish 
sarflari zahira sig‘imi bo‘ladi. Kalkulyatsiyadan tashqi foydalanuvchilar uchun 
foyda va zarar to‘g‘risida hisobot tayyorlash maqsadida foydalaniladi. 
Tannarxni o’zgaruvchi xarajatlar bo’yicha kalkulyatsiyalash (direkt- yoki 
veribl-kosting).
36
Bu usulda faqat o‘zgaruvchi ishlab chiqarish xarajatlari 
mahsulotga xarajat sifatida talqin qilinadi (zahira sig‘imli xarajatlar), doimiy ishlab 
chiqarish xarajatlari esa davr xarajatlariga tegishli hisoblanadi. Direkt-kostingdan 
foydalanib tayyorlangan foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot ichki hisobot 
sifatida qo‘llaniladi. Bu hisobotda marjinal daromad ko‘rsatiladi, bu daromad 
barcha o‘zgaruvchi xarajatlar bilan daromadlar o‘rtasidagi tafovutdan iborat. 
Quyida xarajatlarni to‘la taqsimlab tannarxni kalkulyatsiyalash (abzorpshen-
kosting) va o‘zgaruvchi xarajatlar bo‘yicha (direkt- yoki veribl-kosting) 
kalkulyatsiyalashdan foydalanib tayyorlangan foyda va zararlar to‘g‘risidagi 
hisobotlar keltirilgan. 
Foyda va zararlar to‘g‘risida hisobot (abzorpshen-kosting), sh.b. 
Sotishdan tushgan daromad 
1 000 
Minus Sotilgan mahsulot tannarxi (barcha ishlab chiqarish xarajatlari 
kiritiladi) 
600 
Yalpi foyda 
400 
Minus   Ma‘muriy sarflar va sotish bo‘yicha sarflar (doimiy va o‘zgaruvchi) 
300 
36
Management Accounting for Business Decisions, 2
nd
Edition, by Colin Drury, 2012 р.630


143 
Operatsion foyda 
100 
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot (direkt-kosting)
1
, sh.b. 
Sotishdan tushgan daromad 
1 000 
Minus O‘zgaruvchi ishlab chiqarish xarajatlari (bevosita materiallar, to‘g‘ri 
mehnat, o‘zgaruvchi ishlab chiqarish ustama sarflari) 
360 
Minus O‘zgaruvchi ma‘muriy sarflar va savdo sarflari 
120 
Marjinal daromad 
520 
Minus Doimiy xarajatlar: 
Doimiy ishlab chiqarish ustama sarflari 
Doimiy ma‘muriy sarflar va sotish sarfi
 
240 
180 
Operatsion foyda 
100 

Marjinal moliyaviy hisobot deb ham aytiladi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling