146
5
(140 b.-160b.) x 2 sh.b./b.=(40) sh.b.
10.3. Xarajatlarni to‘la taqsimlab va o‘zgaruvchan xarajatlar bo‘yicha
tannarxni kalkulyatsiya qilishni quvvatlovchi dalillar
Direkt-kosting:
• Qaror qabul qilish uchun foydali axborot bilan ta‘minlaydi
Xarajatlarni o‘zgaruvchi va doimiy xarajatlarga ajratish ishlab chiqarish
yoki komponentlarni xarid qilishga doir qarorlar qabul qilish uchun, mahsulot
turlarini aniqlash uchun axborot olish imkonini beradi.
• Foydani zahiralar o‘zgarishi ta‘siridan holi qiladi.
Direkt-kostingdan foydalanilganda foyda mahsulotni sotish hajmiga bog‘liq
bo‘ladi, abzorpshen-kostingdan foydalanilganda foydaga sotilgan mahsulot hajmi
ham, ishlab chiqarish hajmi ham ta‘sir qiladi. Shu sababli direkt-kosting zahiralar
bilan nayrang qilishga yo‘l qo‘ymaydi va menejerlar ishini baholashga juda mos
keladi.
Abzorpshen-kosting:
• Doimiy ishlab chiqarish xarajatlariga etarli e‘tibor beradi.
Xalqaro moliyaviy hisobot standarti (XMHS) doimiy ishlab chiqarish
xarajatlarini zahiralar qiymatiga qo‘shishni talab qiladi. Tashqi maqsadlar uchun
abzorpshen-kostingdan foydalanish moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘z hisobotlarini
XMHS bo‘yicha tuzadigan boshqa kompaniyalarning ko‘rsatkichlari bilan
taqqoslashni ta‘minlashga imkon beradi.
• Hisobotda xaddan ortiq zararlar va foydani aks ettirishdan qochish
imkonini beradi
Mavsumiy biznesda zahiralarni ko‘paytirish davrida direkt-kostingdan
foydalanilganda doimiy ishlab chiqarish xarajatlari davr xarajatlariga qo‘shiladi.
Shu sababli zahiralarni ko‘paytirish davrida katta zarar qayd etiladi, tovarlarni
sotish davrida katta foyda qayd etiladi. Abzorpshen-kostingdan foydalanilganda
zararlar va foyda ancha barobarlashadi.
37
37
Management Accounting for
Business Decisions, 2
nd
Edition, by Colin Drury, 2012 р.643
147
Topshiriq 8-1. AX kompaniyasi o‘z mahsulotini har bir birligini 2 sh.b.
bilan sotadi. Kompaniya tovar-moddiy zahiralar (TMZ)ni
hisoblashning FIFO
usulidan va haqiqiy kalkulyatsiyalash tizimidan foydalanadi. Ya‘ni ishlab chiqarish
doimiy ustama sarflarini taqsimlash koeffitsienti ishlab chiqarishning haqiqatan
ustama sarflarini haqiqiy ishlab chiqarish xajmiga taqsimlash yo‘li
bilan
hisoblanadi. Quyidagi axborot kompaniya faoliyatining dastlabki ikki yiliga oiddir:
Do'stlaringiz bilan baham: