O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet141/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

Takrorlash uchun savollar 
1. Transfert bahoga ta‘rif bering. 
2. Korxona faoliyatini rivojlantirishda oqilona transfert baho siyosatini 
ishlab chiqishning zarurati nimada? 
3. Transfert baho va xarajatlar o‗rtasida qanday bog‗liqlik mavjud? 
4. Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvining
qanday o‗ziga xos xususiyatlari mavjud? 
5. Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan qiymat yondashuvining
qanday afzalliklari bor?
6. Korxonada transfert bahoni belgilash qanday talablar asosida amalga 
oshiriladi? 
7. Transfert bahoni shakllantirish usullariga izoh bering. 
Transfert bahoni shakllantirishda mahsulotni zararsiz sotilishini belgilash 
qanday ahamiyatga ega? 
 


239 
14-BOB. KORXONA SEGMENTAR HISOBOTI 
14.1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari
Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi 
atama boshqaruv hisobiga kirib keldi. 
Biznes segmenti - bu korxonaning ma`lum qismini yoki nisbatan 
mustaqil bqlinmasini muayyan vakolatlar va mas`uliyat berish maqsadida 
ajratishdir. 
Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, 
javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo‘yicha 
hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti 
(MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993 yildan amal qilib kelmoqda. 
Unga ko‘ra, segmentlarning ikkita: xo‘jalik va geografik turlari ajratib 
ko‘rsatiladi.
Geografik segment - bu muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar 
ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar 
ta`sirida, ma`lum makonda harakat qiluvchi ajratib qqyilgan komponentdir. 
Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni ya`ni 
ko‘pchilik omillarning mos tushishini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin (8.1.-
jadval). 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 yil 30 avgustdagi 1-sonli 
qarori bilan kuchga kiritilgan ―Buxgalteriya hisobi to‘g`risida‖gi qonunning 7-
moddasida ta`kidlanganki, korxona rahbari hisob va hisobotning ichki xo‘jalik 
tizimini, xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini, tashqi iste`molchilar 
uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy hujjatlarning boshqa 
shakllarini va hokazolarni tashkil etishga majbur.
Tashqi iste`molchilar uchun segmentlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni 
tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 
474-son bilan rqyxatga olingan ―Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot‖ 
nomli O‘zbekiston Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy 


240 
standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning 96-bandida 
quyidagilar ta`kidlanadi: ―foydalanuvchi uchun hisob siyosatini g`ritishning 
o‘ziga xos ustuvorligi ko‘rilganda rahbarlar xo‘jalik yurituvchi sub`ektning 
tavakkalchiligiga va pul oqimining kelajagini baholash imkoniyatini berishini 
hisobga olishlari kerak.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling