O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materiallarning xarid qilingan vaqti Birlik miqdori Birlikka xarajat, sh.b. Umumiy xarajatlar sh.b.
nd
Edition, by Colin Drury, 2012 р.106 61 usulida materiallar zahirasi tarkibidagi birliklar hisobot davrining oxirida u yoki bu operatsiya natijasida olingan zahira sifatida aniq belgilangan bo‘ladi. Katta qiymatli materiallarni sarflash chog‘ida yalpi identifikatsiyalash usulidan foydalanish mumkin. Bu usuldan ayrim hollardagina foydalanish qulaydir, lekin ikkita muhim kamchiligi tufayli keng tarqalmagan. Birinchidan, ko‘p hollarda tovar moddiy zahiralar birliklarining sotib olinishi va sarflanishini kuzatib turish qiyin. Ikkinchidan, agar korxona bir turdagi materialni xarid qilish va iste‘mol qilish bilan shug‘ullansa, qanday materiallar sarflangan va qaysilari sarflanmaganligini ancha shartli ravishda aniqlash mumkin bo‘ladi. FIFO (FIFO) usuli – tovar-moddiy zahiralarni birinchi turkum (dastlabki xarid qilingan turkum) bo‘yicha hisobga olish usuli, bu usulga muvofiq zahiralarni qanday tartibda sotib olingan bo‘lsa shunday tartibda foydalaniladi, ya‘ni ishlab chiqarishga (sotishga) dastlab tushgan zahiralar xarid vaqtidagi birinchi qiymat bo‘yicha baholanishi nazarda tutiladi, demak, davr oxiridagi zahiralar so‘nggi xarid qiymati bo‘yicha baholanadi. Misol: Materiallarning xarid qilingan vaqti Birlik miqdori Birlikka xarajat, sh.b. Umumiy xarajatlar sh.b. 2- martda 2000 4,00 8000 15- martda 6000 4,40 26400 30- martda 2000 4,75 9500 Bor zahiralar jami 10 000 43900 Yil oxiriga zahiralar, b. - 6000 b Yil oxiriga zahiralar sh.b. – 6000 shundan 4000*4,4+2000*4,75= 27100 sh.b. Haqiqatda materiallar tannarxi 43 900 sh.b. minus:davr oxiridagi zahira 27 100 sh.b. Ishlab chiqarishdagi materiallarning tannarxi 18 600 sh.b. FIFO (FIFO) usulidan har qanday tarmoq korxonasida materiallarning haqiqiy harakatidan qat‘iy nazar foydalanish mumkin, chunki bu usul tovarlarning harakatini emas, balki qiymatining harakatini hisobga oladi. Pul qadrsizlanadigan 62 davrda FIFO usuli mumkin bo‘lgan sof foyda olishning eng yuqori darajasini ko‘rsatadi. LIFO (LIFO) usuli – tovar moddiy zahiralarni so‘nggi turkumi (so‘nggi xarid qilingan turkumi) bo‘yicha hisobga olish usuli: bu usulda zahiralardan eng so‘nggi xarid qilinganidan boshlab foydalaniladi, demak ishlab chiqarishga (sotishga) zahiralarning berilishi so‘nggi xarid tannarxi bo‘yicha baholanadi, davr oxiridagi zahiralarning tannarxi esa birinchi xarid tannarxidan kelib chiqib baholanadi. LIFO (LIFO) usulidan foydalanish pul qadrsizlanishi davrida eng kam foyda beradi, deflyatsiya (narx pasayishi) davrida eng ko‘p foyda beradi. FIFO usulidan farqli ravishda joriy xarajatlar va daromadlarni bir-biriga moslashtirishni (bog‘lashni) ta‘minlaydi, pul qadrsizlanishining ta‘sirini kamaytirish imkonini beradi. Misol: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling