99
chiqarish uskunalari boshqa kontraktlarga berilishi mumkin. Bu holda qisman
hisobdan chiqarilgan qiymatga ega bo‘lamiz va bu
qiymatga kontrakt schetimiz
debetlanib, qaysi kontrakt schetidan chiqarilsa, shu schet kreditlanadi.
Har bir
hisobot davrining oxirida mulk hisobidagi ishlab chiqarish qurilmalarining qoldiq
qiymati, miqdori kontrakt schetida kredit provodkasi sifatida bo‘ladi, ya‘ni qoldiq
kelgusi davrning boshlanishiga o‘tkaziladi. Buxgalteriya
provodkalarining sof
natijasi shundan iboratki, ishlab chiqarish qurilmalarining amortizatsiyasi avtomat
ravishda kontrakt schetiga kirim qilinadi. Ishlab chiqarish qurilmalari ma‘lum
kontrakt bo‘yicha foydalanish uchun ijaraga olinishi mumkin. Kompaniya ushbu
ishlab chiqarish qurilmalariga egalik qilmagani uchun ijara bo‘yicha
sarflarga
yagona jurnal provodkasi beradi va bu
sarflarga kontrakt scheti debetlanadi.
Subpudrat bo‘yicha ishlar. Konrakt katta bo‘lsa yoki ishning ma‘lum
jihatlari bo‘yicha mutaxassislarning faoliyati bilan bog‘liq kontrakt bo‘lsa,
kompaniya subpudratchilarni jalb qilishi mumkin. Subpudratchi bajargan har
qanday ishning tannarxi kontraktning bevosita xarajatlari
hisoblanadi va kontrakt
schetini debetida hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: