100
buyurtmachining eksperti xulosa beradi, unda kontrakt
qiymatining ijrochi
bajargan ish hajmiga mutanosib to‘lanishi mumkin bo‘lgan qismi ko‘rsatiladi.
Ko‘p hollarda ijrochi bunday bosqichda oraliq to‘lovi miqdoriga schet-faktura
beradi
.
Ushlab qolinadigan summa-Kontarktni bajarish
davrida ijrochi odatda
qiymatning ekspert xulosasida aniqlangan qismini oladi. Buyurtmachi ushlab
qoladigan summa «Ushlab qolinadigan pul miqdori» sifatida ma‘lum. Bu summa
ijrochiga
kontrakt tugallanib, har qanday nuqsonlar to‘g‘irlangandan so‘ng
beriladi.
Tugallangan kontrakt bo‘yicha tushuntiriladigan foyda- Kontrakt uzoq
muddatga mo‘ljallangan bo‘lsa, ijrochi o‘z hisobotlarida kontrakt bo‘yicha foydani
ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yiladi. Ishning tugallanish foizi usuli bir necha yil davomida
foyda olinmay, birdaniga kontrakt tugallangan yilda foyda paydo bo‘ladigan
noizchillikdan qutilishga imkon beradi. Tugallanmagan
kontraktda foydaning
qanday miqdorini tan olish mumkinligi to‘g‘risida qaror qabul qilish chog‘ida
quyidagi jihatlar e‘tiborga olinishi lozim:
21
1)
Oraliq foydani tan olishdan avval kontrakt muvaffaqiyatli chiqishi
aniq bo‘lishi lozim.
2)
Har qanday foyda ushbu sanada kontrakt bo‘yicha bajarilgan ishlarga
mutanosib olinishi kerak.
3)
Kontrakt bo‘yicha kutilayotgan umumiy yo‘qotishlar miqdoriga
nisbatan mumkin qadar tez chora ko‘rish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: