113
guruhga birlashtiriladi hamda butun ishlab chiqarish bosqichi davomida baravar
(bir maromda) taqsimlanadi. Shu sababli materiallar bo‘yicha
shartli birliklar
ishlov berish bo‘yicha shartli birliklar miqdoridan farq qiladi.
Shartli (ekvivalent) birliklarni aniqlash:
Barcha ishlab chiqarish faqat tugallangan birlikka olib borganda,
ishlab
chiqarilishi mumkin bo‘lgan birliklar miqdori hisoblab chiqiladi. Masalan, davr
oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000ta mahsulot birligi bo‘lsa va
80 %iga ishlov berish tugallangan bo‘lsa, ekvivalent ishlab chiqarish 800 birlikni
tashkil qiladi (1000 x 80 %).
Ekvivalent
ishlab chiqarish materiallar va qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha
alohida hisoblanadi
25
.
Masalan, davr oxirida tugallanmagan ishlab chiqarishda 1000ta birlik bo‘lib,
90 % materiallar bo‘yicha tugallangan va 50 % qo‘shilgan
xarajatlar bilan
tugallangan bo‘lsa, materiallar bo‘yicha ishlab chiqarish ekvivalenti 900 birlikni
(1000 x 90 %) va qo‘shilgan xarajatlar bo‘yicha 500 birlikni (1000 x 50 %) tashkil
qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari o‘rtacha tortilgan
usuldan va FIFO usulidan
foydalanib, tugallanmagan ishlab chiqarishga,
tayyor mahsulotga, sotilgan
mahsulotning tannarxiga o‘tkaziladi.
8.3. Boshqa jarayonga o‗tkaziladigan tayyor mahsulotni va
tugallanmagan ishlab chiqarishni o‘rtacha tortilgan usuli va FIFO usuli
bo‘yicha baholash
Kalkulyatsiyalashning jarayonli usulida o‘rtacha tortilgan usuldan yoki FIFO
usulidan foydalanish mumkin.
1) O’rtacha tortilgan usul
O‘rtacha tortilgan usul hisobot davridagi ishlab chiqarish xarajatlarini davr
boshidagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari bilan o‘rtacha
miqdorga
keltiradi. Ekvivalent ishlab chiqarish davr davomida tugallangan mahsulot
25
Management Accounting for
Business Decisions, 2
Do'stlaringiz bilan baham: