O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Biznes tarkibini o‗zgartirish bo‗yicha qarorlar qabul qilishda


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet128/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

12.5. Biznes tarkibini o‗zgartirish bo‗yicha qarorlar qabul qilishda 
boshqaruv samaradorligini baholash 
Korxonalarda biznes tarkibini o‗zgartirish bo‗yicha oqilona boshqaruv 
qarorlari qabul qilish boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilishga bevosita 
bog‗liq.
Bozor munosabatlari sharoitida xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar boshqaruvi 
samaradorligini oshirish mamlakat iqtisodiyotini istiqbolli rivojlantirishning 
muhim omili hisoblanadi. Mazkur holatda korxonalarning moliyaviy-xo‗jalik 
faoliyati ichki va tashqi omillar ta‘sirida takomillashadi. Ular oldiga o‗z
faoliyatlarini bozor tamoyillaridan kelib chiqqan holda tashkil etish talabi 
qo‗yiladi.


209 
Bu kabi talablar korxonalarga xaridorlar ehtiyojlarini optimal darajada 
qondirish, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashni yo‗lga qo‗yish, ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan hamda tashqi muhit 
o‗zgarishlariga moslashuvchan boshqaruv tizimini vujudga keltirishni taqozo etadi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini ta‘minlashda boshqaruv samaradorligi 
alohida o‗rin egallaydi, chunki har bir iqtisodiy tizim va jarayon samarali 
boshqarishni talab qiladi. Iqtisodiyotning boshqarish samaradorligi deyilganda, 
avvalombor, boshqarish jarayonining natijaviyligi tushuniladi.
Agar korxona boshqaruv faoliyatining natijaviyligi xodimlar faoliyatining 
pirovard natijaviyligi bilan to‗g‗ri kelsa, boshqarishda murakkab, ko‗p qirrali 
ob‘ektni baholash bo‗yicha to‗liq (umumiy) yoki shaklan samaradorlik yuzaga 
keladi (12.7.-rasm).
 
12.7-rasm. Korxonada boshqaruv samaradorligining turlari 
Boshqaruv 
samaradorligining 
turlari 
 
Belgi 
Samaradorlik
ko‘rinishlari 
samaradorlik mazmuni 
soha turlari 
ob’ektni baholash 
maqsadli yo‘nalish 
hisob usuli
ijtimoiy-iqtisodiy 
xalq xo‗jaligi ishlab chiqarishi
to‗liq (umumiy), lokal 
(qisman)
qisqa muddatli, uzoq muddatli
mutloq


210 
Samaradorlik ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya sifatida boshqaruvning barcha 
tomonlarini qamrab oladi va iqtisodiy, tashkiliy, marketing hamda boshqa 
munosabatlarni ifodalaydi.
Boshqaruv samaradorligi boshqaruvning o‗ziga emas, balki ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga xizmat qilishi zarur. Bu holat boshqaruv va ishlab 
chiqarishni bir-biridan ajratib bo‗lmasligi, biroq bu yaxlitlikda ishlab chiqarish 
ustuvor hisoblanishi lozimligi bilan izohlanadi.
Ikkinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‗tish faqat ishlab chiqarishni emas, balki 
korxona faoliyatining boshqa jihatlari, xususan, bozorlarni o‗rganish, xodimlar va 
moliyani boshqarish kabilarning samaradorligini oshirishni ham talab etadi. Shu 
sababali, boshqaruv samaradorligi deganda pirovard natijada ob‘ektni yaxlit tizim 
sifatida oqilona faoliyat ko‗rsatishi va uning rivojlanishini ta‘minlaydigan 
boshqarishni tushunish zarur.
Korxona boshqaruvi samaradorligini ta‘minlashda uning uslubiy jihatdan 
mezon va ko‗rsatkichlari aniqlanishi alohida ahamiyatga ega. Bu ko‗rsatkichlarni 
aniqlash uchun boshqaruv tizimi samaradorligining tahlilini o‗tkazish lozim. 
Chunki o‗tkaziladigan tahlil qanchalik chuqur va sifatli bo‗lsa, boshqaruv 
samaradorligining ob‘ektiv baholanishiga shunchalik ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi. 
Mazkur tahlil jarayonida aniqlangan mezon va ko‗rsatkichlardan foydalanib 
boshqaruv samaradorligiga baho beriladi. Quyidagi rasmda boshqaruv tizimi 
samaradorligini tahlil qilish modeli keltirilgan (12.8.-rasm):
Rasmdan ko‗rinib turibdiki, tahlil modeli shartli ravishda uchta blokka 
bo‗lingan: 
I-blok - korxonaning ta‘minot tahlili (kadrlar, moddiy, texnik, axborot va 
h.k.); 
II-blok - boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv jarayonlari tahlili;
III-blok - ishlab chiqarish bo‗linmalari va hisob tizimi holati tahlili.
Ushbu tahlil bloklari o‗rtasidagi mutanosiblikni ta‘minlash boshqaruv tizimi 
samaradorligi tahlilini sifatli va ishonchli o‗tkazishni ta‘minlaydi. 


211 
Shuni ta‘kidlash zarurki, muayyan ob‘ektning boshqaruv samaradorligiga baho 
berayotganda uning o‗ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi zarur. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling