O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


-rasm. Boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilish modeli


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet129/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

 
12.8-rasm. Boshqaruv tizimi samaradorligini tahlil qilish modeli 
Masalan, qishloq xo‗jaligi tarmog‗iga tegishli xo‗jalik yurituvchi 
sub‘ektlarda ishlab chiqarishning o‗ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: 

sub‘ektlarning strategik ahamiyatga molik ekanligi; 

ishlab chiqarishda qishloq xo‗jaligi va sanoat tarmog‗i xususiyatlarining 
uyg‗unlashganligi. Jumladan, sanoat ishlab chiqarishida mahsulot tannarxining 
asosiy qismini xomashyo tashkil etadi ya‘ni bunda material sig‗imi yuqori; 

qishloq xo‗jalik korxonalari ishlab chiqarishiga tabiiy iqlim omillarining 
bevosita ta‘sir etishi. 
 
Boshqaruv samaradorligi tahlili 
yo‘nalishlari 
Moddiy-texnika 
ta’minoti tahlili 
Tashkiliy boshqaruv 
tuzilmasining tahlil 
Ishlab chiqarish 
tuzilmalarining tahlili 
Axborot bilan
ta’minlanganlik 
tahlili 
Muvofiqlik tahlili 
Boshqaruv 
jarayonlarining tahlili 
Hisob tazimi tahlili 
Kadrlar bilan
ta’minlanganlik 
tahlili 


212 
Bundan tashqari, xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda boshqaruv samaradorligini 
haqqoniy baholash quyidagi tamoyillarni hisobga olishni taqozo qiladi: 
1. tezkorlik hamda boshqaruv jarayoni maqsad va vazifalarini bozor 
iqtisodiyoti talablarini e‘tiborga olgan holda amalga oshirish; 
2. foydalilik va boshqaruvning tashkiliyligi ya‘ni ishlab chiqarish hamda 
korxona boshqaruvining o‗zaro muvofiqligini ta‘minlash; 
3. tejamkorlik yoki natijaviylik ya‘ni boshqaruvni imkon darajada kam 
mehnat, moddiy va moliyaviy xarajatlar sarflash orqali tashkil etish. 
4. Yuqoridagilarga asoslanib xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar boshqaruvi 
samaradorligi mezonlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 
5. ishlab chiqarishning yuqori darajadagi samaradorligi; 
6. bozordagi ulushning ortishi
7. xarajatlar darajasi; 
8. tashqi muhit bilan o‗zaro aloqadorlik darajasi; 
9. boshqaruv qarorlari qabul qilishning to‗g‗riligi va tezligi; 
10. tizimning o‗z-o‗zini tartiblash va tashkil etish imkoniyati.
Bu mezonlardan kelib chiqib boshqaruv samaradorligini baholovchi 
ko‗rsatkichlar tizimini quyidagicha asoslash mumkin (4.5.-jadval):
Ushbu ko‗rsatkichlar xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning nafaqat ichki 
samaradorligi, balki tashqi samaradorligini ham o‗zida aks ettiradi. 
Biznesni markazlashtirilmagan holda boshqarish yirik korxonalarda 
boshqaruvni kichik va o‗rta biznes sub‘ektlari boshqaruvi kabi tashkil etishni 
anglatadi.
Boshqaruv tizimini bunday tartibda shakllantirishning afzalligi yirik 
korxonalarning daromadi yuqoriligi va ularni ishsizlik darajasini pasaytirishga 
ko‗maklashishi bilan ifodalanadi.
Biznesni amalga oshiruvchi shaxs biznes sub‘ekti yoki biznesmen deb 
ataladi. Biznes xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarda ishlab chiqarish jarayonini tashkil 
etish, jumladan, mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar 
ko‗rsatishdan iborat faoliyat majmuini ifodalaydi. 


213 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling