O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


-rasm. Bozorda harakat qiladigan o‗zaro raqobatlashuvchi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet132/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

12.9-rasm. Bozorda harakat qiladigan o‗zaro raqobatlashuvchi 
iqtisodiy sub‘ektlar 
Bu omillarning ta‘sir darajasi quyidagi holatlar bilan belgilanadi: 
1. etkazib beriladigan o‗rinbosar mahsulotlarning yo‗qligi; 
2. mahsulot (tovar)larning korxona uchun ahamiyatliligi;
3. mol yetkazib beruvchilarning faoliyat doirasi (yirik yoki kichik 
korxona); 
4. sotuvchi-mol yetkazib beruvchi tizimida xaridorlarning hissasi (agar bu 
hissa yuqori bo‗lmasa, sotuvchi baholarni oshirishi yoki mahsulot sifatini 
pasaytirishi mumkin). 
Biznesni boshqarishga ta‘sir etuvchi mijoz va xaridorlarning o‗zaro aloqasi 
omili korxonalarga bozorda mustahkam o‗rin egallash uchun distribterlik tizimini 
ishlab chiqishni talab qiladi. Mijoz va xaridorlarning korxona faoliyatiga ta‘siri 
mahsulot (tovar, ish va xizmat)lar bahosini pasaytirish va ularning sifatini oshirish 
bilan bog‗liq. 
Ushbu omillarning ta‘sir darajasi quyidagilar orqali ifodalanadi: 
1. mijoz va xaridorlarning zarur axborotlar bilan ta‘minlanganligi; 
Yangi korxona (bozorda yangi 
raqobatchining paydo bo‘lish 
xavfi) 
 
Mahsulot 
ishlab 
chiqaruvchi 
korxona 
Mol yetkazib 
beruvchilar 
Xaridorlar
O‘rinbosar tovarlar (bozorda 
yangi tovarlarning paydo 
bo‘lishi) 
Vertikal integ-
ratsiyalashish xavfi 
Vertikal integ-
ratsiyalashish xavfi 


218 
2. mahsulot (tovar, ish va xizmat)larning xaridor uchun nafliligi va h.k.
Bozorda o‗rinbosar tovarlarning paydo bo‗lishi an‘anaviy, zamonaviy 
talablarga javob bermaydigan tovarlarni siqib chiqaradi. Shuningdek, bu holat 
bozorda raqobat muhitini shakllantiradi va korxona biznesini boshqarishga yangi 
talablarni qo‗yadi, jumladan:
1) mahsulot (tovar)larning yangi turini ishlab chiqarishni taqozo etadi; 
2) faol marketing tadqiqotlarini olib borish, tovarlar reklamasini samarali 
yo‗lga qo‗yish zaruriyatini yuzaga keltiradi; 
3) mahsulot 
(tovar)larning 
bahosini 
pasaytirish 
orqali 
ularning 
raqobatbardoshligini ta‘minlashni talab qiladi; 
4) xaridor (mijoz)larga qo‗shimcha xizmatlar ko‗rsatish, iste‘molchilarni 
rag‗batlantirish bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi. 
Yuqorida ta‘kidlangan omillar korxonalarda biznesni markazlashtirilmagan 
holda boshqarishni tashkil etish va istiqbolli rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb 
etadi. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi biznesni samarali amalga oshirishda 
korporativ boshqaruvni joriy etish maqsadga muvofiqligini tasdiqlaydi. 
Korporativ boshqaruv tizimida faoliyat ko‗rsatuvchi tuzilmalarning 
shakllanishi yirik va o‗rta korxonalarni vujudga kelishi bilan bog‗liq iqtisodiyotni 
kapitalizatsiyalash jarayonining boshlanishidir. Korporativ boshqaruvning asosini 
korporatsiya, xolding kabi tuzilmalar tashkil etadi.
«Korporatsiya» (lot. corporatio - birlashma) biznesni tashkil etishning 
maxsus shakli bo‗lib, u umumiy maqsadlarga erishish, birgalikdagi faoliyatni 
amalga oshirish uchun birlashgan va huquqiy mustaqil sub‘ektlar yig‗indisidan 
iborat bo‗ladi. Ko‗pchilik hollarda korporatsiyalar aksiyadorlik jamiyati shaklida 
tashkil etiladi va menejerlar tomonidan boshqariladi. 
Korporativ boshqaruv konsepsiyasi dastlab Britaniyada 19-asrda ishlab 
chiqilgan. Korporativ boshqaruvning o‗ziga xos jihatlari quyidagilardan iborat: 
1) korporativ boshqaruv tuzilmasi ko‗p pog‗onali bo‗lib, nisbatan 
murakkabligi bilan ajralib turadi; 


219 
2) boshqaruv jarayoniga (strategiyasi va taktikasi) tegishli mexanizm orqali 
(aksiyadorlarning umumiy yig‗ilishi, kuzatuv kengashi) ta‘sir eta olish imkoni 
mavjud; 
3) mulkdorni korxonaga egalik qilishi, biroq, uning korxonani joriy 
boshqarishga bevosita aralasha olmasligi; 
4) ishlab chiqarishni boshqarish yollanma boshqaruvchilar tomonidan 
amalga oshirilishi, aksiyadorlarga esa nazorat qilish funksiyasi yuklatilishi; 
5) aksiyadorlarning soni cheklanmaganligi, bu holat yirik investorlarga 
korxona boshqarish va nazorat qilish imkonini beradi. 
Korporativ boshqaruv tuzilmalarining mohiyatini tushunish uchun 
aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv organi mazmuniga to‗xtalib o‗tish zarur. 
Chunki, mazkur tuzilmalarning asosini aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etadi.
Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining umumiy tashkiliy tuzilmasi 3-ilovada 
keltirilgan. 
Aksiyadorlar umumiy yig‗ilishi aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining oliy 
organi bo‗lib, u kamida bir yilda bir marta chaqiriladi. Bu organ korxona 
rivojlanish strategiyasining asosiy yo‗nalishlarini belgilab beradi, mavjud 
qonunchilik doirasida korxonani boshqarishning qoidalarini ishlab chiqadi va 
tasdiqlaydi. Umumiy majlislar oralig‗idagi muddat ichida aksiyadorlarning 
huquqlarini himoya qiluvchi va Nizomda nazarda tutilgan vazifalarni bajaruvchi 
Kuzatuv kengash tuziladi. Kengash a‘zolari yillik majlisda aksiyadorlar 
safidan saylanadi. Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining a‘zolari Kuzatuv 
kengashiga a‘zo bo‗la olmaydi. 
Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi (ijro organi) yoki Nizomda 
ko‗rsatilgan boshqa idoralar aksiyadorlik jamiyatining ijroiya organi hisoblanib
jamiyat faoliyatini tashkil qiladi va uning faoliyati yakunlari bo‗yicha yig‗ilishga 
yillik hisobotni taqdim etadi. 
Aksiyadorlik jamiyatining Nizomiga muvofiq tayinlanadigan yoki 
saylanadigan boshqaruv raisi boshqaruv ishiga rahbarlik qiladi. Boshqaruv raisi 
ishonch qog‗ozisiz jamiyat nomidan faoliyat ko‗rsatishga haqlidir.


220 
Aksiyadorlar safidan saylanuvchi taftish komissiyasi jamiyat boshqaruvining 
moliyaviy-xo‗jalik faoliyatini nazorat qiladi. Taftish komissiyasining a‘zolari 
jamiyatning ijroiya organi tarkibiga kira olmaydilar. 
Aksiyadorlik jamiyati har yili kamida bir marta o‗zining moliyaviy-xo‗jalik 
faoliyatini taftish qilishga majburdir. 
Jahon tajribasi boshqaruvni tashkil qilishning aksiyadorlik shakli yuqori 
samaraga ega ekanligini isbotlaydi.
Korporativ shaklidagi tuzilmalarning rivojlanishini tahlil qilishda ularning 
afzallik va kamchilik jihatlarini inobatga olish zarur (12.4-jadval).

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling