O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet133/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

12.4-jadval 
Korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklari 
 
Afzalliklar 
Kamchiliklar 
Aksiyadorlar 
korporatsiyaning 
qarzlari bo‗yicha, korporatsiya esa 
aksiyadorlarning qarzlari bo‗yicha 
shaxsiy javobgarlikka ega emas 
Korporatsiya mulkdorlarining ikki 
tomonlama soliqqa tortilishi 
Yirik va mayda sarmoyadorlarni 
jalb etish yo‗li bilan kapitalni tezda 
yig‗ib olish imkoniyati mavjud 
Yakka tadbirkorlik yoki hamkorlikka 
nisbatan korporativ faoliyatning ancha 
qat‘iy tartibga solinishi 
Aksiyalar 
egalari 
almashishi 
munosabati bilan korporatsiyaning 
faoliyati to‗xtab qolmaydi 
Aksiyadorlar uchun korporatsiyani 
joriy boshqarishda cheklanishlarning 
mavjudligi 
Korporativ tuzilmalarning asosiy turlaridan biri xolding kompaniyasi 
hisoblanadi. Xolding (angl.) - boshqa kompaniyalar faoliyatini nazorat qilish va 
boshqarish maqsadida ular aksiyalarining nazorat paketiga ega bo‗lgan 
kompaniyadir. Amaliyotda sof va aralash xolding turlari mavjud.
Sof xolding aksiyalar nazorat paketiga egalik qila turib, boshqa korxonalar 
faoliyatini nazorat qilish va boshqarish bilan shug‗ullanadi. Aralash xolding 
muayyan sohada (sanoat, savdo, transport va h.k.) tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshiradi‖. 


221 
Xoldingning tarkibiga kiruvchi korxonalar sho‗‗ba korxona bo‗lib, mustaqil 
yuridik shaxs hisoblanadi.
Aksiyalar (paylar, ulushlar)ning nazorat paketi deganda korxona 
ishtirokchilarining umumiy yig‗ilishida va uning boshqaruv organlarida muayyan 
qarorlarning qabul qilinishi yoki rad etilishini ta‘minlovchi, korxona kapitalida 
ishtirok etishning istalgan shakli nazarda tutiladi. Aksiyalarning nazorat paketlari 
to‗g‗risidagi qaror monopoliyaga qarshi organ tomonidan qabul qilinadi va tartibga 
solinadi. 
Xolding aktivlari quyidagilardan tashkil topadi: 
1) qimmatli qog‗ozlar; 
2) muassislar tomonidan shartnoma asosida berilgan, shuningdek, xolding 
mablag‗lari hisobidan xarid qilingan aktivlar; 
3) pul mablag‗lari va h.k.
Xoldinglar qisman yoki to‗liq xorijiy sarmoya asosida, shuningdek, xorijiy 
korxonalar aksiyalari nazorat paketlarini sotib olish yo‗li bilan ham tashkil 
qilinadi. 
Xoldingning aktivlari tarkibiga sho‗‗ba korxonalari aksiyalarining nazorat 
paketlari bilan bir qatorda aksiyalarning teng (paritet) paketlari (ikkita ishtirokchi 
bo‗lganda 50 foiz) va boshqa xo‗jalik jamiyatlari kapitalidagi ishtirok paketlari 
(aksiyalarning nazoratsiz paketlari) kiritilishi mumkin.
Sho‗‗ba korxonalar o‗z majburiyatlari bo‗yicha ularga tegishli mol-mulk, 
shu jumladan bosh xoldingga tegishli bo‗lgan aksiyalar nazorat paketining qiymati 
bilan javob berishadi.
Xolding kompaniyalarining tashkil etilishi moddiy, moliyaviy resurslarning 
integratsiyalashuviga erishish, ularni yirik investitsiya dasturlarini amalga oshirish 
uchun yo‗naltirishga ko‗maklashadi.
Xolding korxonalarni alohida faoliyat turlari bo‗yicha, amaldagi 
monopoliyaga qarshi me‘yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga asoslangan holda 
birlashtiradi. 


222 
Xoldingni tashkil etish bosh kompaniya balansini taqsimlashni har 
tomonlama asoslangan tartib bo‗yicha amalga oshirish, ta‘sis hujjatlarini ishlab 
chiqish va ularni aksiyadorlar umumiy yig‗ilishida tasdiqlash kabi bosqichlardan 
iborat.
Bosh va sho‗‗ba korxona o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar shartnoma asosida 
amalga oshiriladi. Ta‘sis shartnomasida bosh va sho‗‗ba korxona o‗rtasida 
balansning taqsimlanish tartibi belgilanadi, asosiy va aylanma mablag‗lar hajmi, 
sho‗‗ba korxonasining aylanma mablag‗larini to‗ldirishning umumiy asoslari 
belgilanadi. 
Respublikamizda xolding kompaniyalarini shakllantirish ularning afzalliklari 
va kamchiliklarini taqqoslashga bevosita bog‗liq (4.7.-jadval). 
Odatda, xoldinglarning samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun mustahkam ichki 
iqtisodiy aloqalar zarur hisoblanadi. Bunga esa uning barcha bo‗linmalarini 
birlashtirish, tashkil etish va boshqarish orqali erishiladi. Bunday tizimli 
yondashuvga asoslangan boshqaruvni tashkil etish quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
maqsad va vazifalarni belgilash; ish turlari va hajmini aniqlash maqsadida 
vazifalarni guruhlarga bo‗lish; javobgarlikni taqsimlash va boshqarish 
iyerarxiyasida darajalar sonini aniqlash; korxonani qo‗yilgan maqsadga erishishi 
uchun xodimlarni rag‗batlantiradigan muhitni shakllantirish; boshqaruv qarorlarini 
qabul qilish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni 
ta‘minlovchi kommunikatsiya tizimini loyihalash.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling