O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

 
 


227 
Takrorlash uchun savollar 
1. ―Xarajatlar - mahsulot hajmi - foyda‖ tahlili korxona ishlab chiqarish 
jarayonini boshqarishda qanday ahamiyatga ega?
2. ―Xarajatlar - mahsulot hajmi - foyda‖ tahlilining qanday asosiy 
elementlari mavjud? 
3. Zararsizlik nuqtasi qanday hisoblanadi? 
4. Marjinal daromadni aniqlashning qanday usullari mavjud? 
5. Chidamlilikning marjinal zaxirasining iqtisodiy mohiyati nimada? 
6. Korxonalarda ishlab chiqarish dastagi mexanizmidan foydalanish 
qanday xususiyatlarga ega? 
7. Ishlab chiqarish dastagi o‗zgarishiga qanday omillar ta‘sir qiladi? 
8. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishning qanday bosqichlari 
mavjud? 
9. Investitsiyalar samaradorligi qanday aniqlanadi? 
10. Korxonalarda biznes tarkibini o‗zgartirish bo‗yicha qarorlar qabul 
qilish zaruratini izohlang. 
11. Kichik biznes sub‘ektlarida boshqaruvni tashkil etish qanday ijobiy 
afzalliklarga ega?
12. Korxona biznesini markazlashtirilmagan holda boshqarish qanday 
hollarda yuzaga keladi? 
13. Korxonalarda biznes tarkibini o‗zgartirish bo‗yicha qarorlar qabul 
qilishda marketing izlanishlari qanday ahamiyatga ega? 
14. Korxonalar biznesini samarali boshqarishga qanday omillar ta‘sir 
etadi? 


228 
13-BOB. TRANSFERT BAHONI SHAKLLANTIRISH 
13.1. Korxona baho siyosatida transfert bahoning tutgan o‘rni va 
mazmuni
Respublikamizda 
bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirish 
sharoitida 
sotiladigan mahsulot (ish va xizmatlar)larga ilmiy asoslangan baho siyosatini 
ishlab chi¢ish bosho‘aruv hisobining asosiy vazifalaridan biri sanaladi.
Amaliyotda har bir korxona o‘z mahsulotini ishlab chio‘ara boshlashidan 
avval qancha foyda olishi mumkinligini rejalashtiradi. Korxona foydasi 
mahsulot bahosi va uni ishlab chio‘arishga sarflanadigan haqiqiy xarajatlarga 
bevosita bog`liq bo‘ladi. Ushbu holatda mahsulot bahosi ishlab chio‘aruvchi 
yoki xaridor xohishi bo‘yicha baland yoki past bo‘lishi mumkin emas, u talab va 
taklif asosida tartibga solib borilishi lozim.
Inflyatsiya jarag`nida ya`ni baholarning o‘sishi sodir bo‘layotgan paytda 
pulning foydaliligi pasayib boradi. Shu sababli, bunday sharoitda barcha hisob-
kitoblar qig`siy yoki bazis davr baholarida amalga oshirilishi zarur, aks holda, 
noto‘¨ri ma`lumotlar asosida oqilona moliyaviy boshqaruv qarorlari qabul qilib 
bo‘lmaydi. Shu nuqtai-nazardan qig`siy baholardan foydalanish moliyaviy 
menejmentdagi barcha hisob-kitoblarga tegishli talab hisoblanadi. Bunda bir 
o‘lchamning o‘zgarishi ikkinchi o‘lchamning o‘zgarishiga qanday ta`sir etishi 
tahlil qilinadi.
Ishlab chiqarishning hajmi va baholar darajasi turlicha bo‘lgan holatda 
foyda summasini solishtirishning bir nechta varianti mavjud. Mahsulotning 
qo‘shimcha birligini ishlab chiqarish umumiy tushumning ma`lum bir birlikda 
oshishiga olib keladi va u cheklangan tushum deyiladi. Bunda o‘z navbatida 
xarajatlar miqdorining ham bir birlik miqdorida oshishi kuzatiladi va u 
cheklangan xarajatlar deb ataladi. Maksimal foyda cheklangan tushum bilan 
cheklangan xarajatlar bir-biriga teng bo‘lgan g`ki ular bir-biriga maksimal 
darajada yaqinlashgan holda yuzaga keladi.
Foydalilikning cheklanganligi nazariyasiga muvofiq, ishlab chiqarishning 
o‘sishi tufayli cheklangan tushum cheklangan xarajatlarga nisbatan tezroq 


229 
sur`atlarda o‘sib borgunga qadar foyda hajmi o‘sib boraveradi, biroq, 
cheklangan xarajatlar cheklangan tushumdan oshib ketgan paytda mahsulot 
ishlab chiqarishni qisqartirish zarur. SHunday qilib, cheklangan xarajatlarning
cheklangan tushumga yaqinligi (maksimal) eng yuqori darajada ta`minlanganda 
yoki unga tenglashtirilganda mahsulot ishlab chiqarishning hajmi va bahosi 
ishlab chiqaruvchini eng yuqori (maksimal) foyda bilan ta`minlaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonada bahoni shakllantirish va 
boshqarish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilish zaruriyati tug`iladi. Buning 
uchun boshqaruv tizimida bahoni shakllantirish bo‘yicha funktsional 
bloklarning o‘zaro aloqasini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega
Keltirilgan rasmdan ko‘rinib turibdiki, bahoning shakllanishi nafaqat 
tashqi muhit ta`siriga ham ko‘p jihatdan bog`liqdir.
Tashqi 
muhitda quyidagi 
makrodarajadagi 
o‘zgarishlar korxona 
faoliyatida bahoni shakllantirishga bevosita ta`sir ko‘rsatadi: 
1. 
Iqtisodiyotdagi o‘sish va pasayish (har qanday mahsulotga bo‘lgan 
ehtig`j aholining real daromadlari, investitsiya faolligi, davlat xarajatlari, kredit 
olish va uni qaytarish imkoniyatlari, baholarning o‘zgarishiga bog`liq). Shu 
sababli tashqi muhitni tahlil qilish korxonani baholash uchun boshlang`ich 
nuqta va qadam bo‘lib hisoblanadi; 
2. 
Tabiiy resurslarga yaqinlik va ularning zahirasiga ega bo‘lish 
nafaqat mahsulot ishlab chiqaruvchi, balki qayta ishlovchi korxonalarni ham 
strategik rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega; 
3. 
Siyosat va huquq. Korxonaning faoliyat yuritishida davlatning 
iqtisodiy barqarorligi, turli xil mulk egalarining huquqiy jihatdan muhofaza 
qilinganligi, soliq qonunchiligining o‘zgarib turishi, bojxona huquqi kabi 
omillar ham hal qiluvchi ahamiyatga ega; 
4. 
Demografiya. Korxona joylashgan hududdagi aholining soni va 
tarkibi uning faoliyatiga katta ta`sir ko‘rsatadi. Agar hududda tug`ilish darajasi 
yuqori bo‘lsa, bolalarbop mahsulotlar assortimentiga talab katta bo‘ladi g`ki 
katta g`shdagi aholining hissasiga qarab ularning talabidagi mahsulotlar ishlab 


230 
chiqarish zarur bo‘lsa, korxona shunga qarab mo‘ljal olishi zarur; 
5. 
Ijtimoiy-madaniy muhit. Jamiyatning iqtisodiy farovonligi oshib 
borishi bilan unda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashga, aholining kam 
ta`minlangan va ishsiz qatlamlarini himoya qilishga imkoniyat oshib boradi. 
Yuqoridagilardan 
kelib 
chiqqan 
holda 
korxonalarda 
baholarni 
shakllantirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishga ta`sir etuvchi omillar tashqi va 
ichkiga bo‘linadi. 
Tashqi omillar quyidagilar bilan ifodalanadi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling