O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
Taqrizchilar: Ibragimov A.K. – O‗zRes bank-moliya akademiyasi, iqtisod fanlari doktori, professor Quljanov O.M. – TMI, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent ©―IQTISOD-MOLIYA‖, 2018 3 KIRISH O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‗zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi ―Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi ―Oliy ma‘lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3151-sonli Qarori, O‗zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‗ra respublikamizda oliy ta‘lim davlat ta‘lim standartlari asosida amalga oshiriladi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan ijobiy o‗zgarishlar ta‘lim sohasini, xususan davlat ta‘lim standartlarini ham takomillashtirib borishni zarurat qilib belgilaydi. Bugun eski ma‘muriy-buyruqbozlik, taqsimlash tizimiga xos boshqaruv tuzilmalari o‗rniga boshqaruvga yangicha yondashuvlar, uslub va vositalarga ega bo‗lgan zamonaviy bozor mexanizmlari, iqtisodiy ta‘sir va rag‗batlantirish omillari talab etilmoqda. Bunday sharoitda buxgalteriya hisobi amaliyotining istiqbolli yo‗nalishlaridan biri, uning muhim tarkibiy qismi hisoblangan boshqaruv hisobining ahamiyati beqiyos daraja ortib boradi. Binobarin, boshqaruv hisobi korxona faoliyatini tezkor va istiqbolli boshqarishda asosiy o‗rinlardan birini egallashi, xalqaro standartlar talablariga to‗liq muvofiq kelishi, xarajatlar va mahsulot tannarxini boshqarish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkoniyatlarini aniqlashi lozim. boshqaruv hisobining maqsadi va harakat doirasi moliyaviy hisobdan kengroq bo‗lib, nafaqat xo‗jalik jarayonlarini oldindan tashxislab berishni, balki joriy va istiqbolga mo‗ljallangan rejalashtirish, boshqaruv hamda investitsiya qarorlari dasturini ishlab chiqishni, ishlab chiqarish va moliyaviy natijalar hisobini yuritishni ham qamrab oladi. «Boshqaruv hisobi» fanining asosiy vazifasi foydalanuvchilar-ning boshqaruv hisobining nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslari, mahsulot tannarxini 4 kalkulyatsiyalash usullari, korxona faoliyatida transfert baholarini shakllantirish tartibi to‗g‗risida atroflicha bilimga ega bo‗lishlariga ko‗maklashishdir. Ushbu o‗quv qo‗llanmadaa ―Boshqaruv hisobi‖ faniga kirish, xarajatlarni turkumlash va ularning hisobi, xarajatlarni baholash va ular dinamikasi, material xarajatlarining hisobi, mehnat va ustama xarajatlari hisobi, buyurtmali va jarayonli kalkulyatsiya qilish usuli, kompleks ishlab chiqarish xarajatlarining taqsimlanishi va qo‗shimcha mahsulot ishlab chiqarish, xarajatlarni to‗la taqsimlab va o‗zgaruvchan xarajatlar bo‗yicha tannarxni kalkulyatsiya qilish usuli, smeta tuzish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, transfert bahoni shakllantirish, korxona segmentar hisoboti va O‗zbekiston Respublikasida boshqaruv hisobini tashkil etishning rivojlanish yo‗nalishlari ochib berilgan. Har bir bobning yakunida kitobxonlarning mavzu bo‗yicha olgan bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida takrorlash uchun savollar keltirilgan. Shu bilan birga, o‗quv qo‗llanmaning oxirida berilgan tayanch so‗z va iboralar hamda adabiyotlar ro‗yxati keltirilgan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling