O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

5. Axborotni taqdim etish shakllari. O‘zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 22-moddasiga muvofiq, 
moliyaviy hisobot buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi, pul 
oqimlari to‘g‘risidagi, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllari, 
shuningdek, izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlardan iborat. Moliyaviy 
hisobot shakllari Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 27-dekabrdagi 140-sonli 
buyruq bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24-yanvarda 
1209-raqam bilan ro‘yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish 
bo‘yicha Qoidalar» bo‘yicha taqdim etiladi. Shuningdek, korxonalar soliqlar
ijtimoiy ta‘minot va sug‘urta, mehnat birjalariga o‘rnatilgan tartibda hisobot 
topshiradilar. 
Boshqaruv hisobi axborotlari esa foydalanuvchilarga erkin shaklda taqdim 
etiladi.
6. Hisobni yuritish majburiyati. Moliyaviy hisob rasmiy hisob bo‘lib, 
barcha korxonalar uchun uni yuritish majburiydir. Moliyaviy hisobot hujjatlari 
soliq idoralari va boshqa tegishli joylarga taqdim etiladi, ular auditorlarning 
tekshiruv ob‘ekti hisoblanib, chop etilishi shartdir.
Boshqaruv hisobini olib borish korxona rahbariyati talablariga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
7. Hisobni tashkil etish qoidalari. Moliyaviy hisobda moliyaviy hisobot 
axborotlari aniq tamoyil va qoidalarga muvofiq shakllanishi hamda aks 
ettirilishi shart, ular asosida ma‘lumotlar qayd qilinadi, baholanadi va tegishli 
schetlarda rasmiylashtiriladi. Ushbu tamoyil va qoidalar «Buxgalteriya hisobi 
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respubikasi Qonuni hamda buxgalteriya hisobining 
milliy standartlarida belgilab qo‘yiladi. 
Boshqaruv hisobini yuritish tartib-qoidalari korxonaning strategik va 
taktik maqsadlaridan, xususiyatlaridan kelib chiqib ishlab chiqiladi. Bu hisob 
turida ma‘lumotlarning boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ahamiyatlilik 
darajasiga e‘tibor beriladi. 


17 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling