O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

8. Hisob tamoyillari. Moliyaviy hisob umumiy tamoyillarga tayanadi
bular buxgalteriya hisobini ikkiyoqlama yozuv usulida yuritish, aniqlik, 
mazmunning 
shakldan 
ustunligi, 
ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi, 
moliyaviy hisobotning betarafligi va h.k. Bu tamoyillarga korxona xodimlari 
bilan bir qatorda davlat idoralari vakillari ham amal qiladilar.
Boshqaruv hisobining asosiy tamoyillari esa hisobni ikkiyoqlama yozuv 
usulida yuritish, uzluksizlik, aniqlik, hisoblash, ehtiyotkorlik, ko‘rsatkichlarning 
qiyoslanuvchanligi va h.k. hisoblanadi.
9. Hisobning asosiy ob‘ektlari. Moliyaviy hisobotlarda korxona odatda 
yagona, yaxlit deb ta‘riflanadi. Ko‘p tarmoqli faoliyat olib boruvchi yirik 
korxonalar har bir soha bo‘yicha ya‘ni korxonaning yirik segmentlari bo‘yicha 
xarajatlar va daromadlarni umumlashtirilgan moliyaviy hisobotda aks ettirishi 
shart.
Boshqaruv hisobi, odatda korxonaning alohida bo‘linmalari: bo‘limlar, 
tsexlar, uchastkalar, ish joylari faoliyati to‘g‘risidagi axborotni o‘z ichiga oladi. 
10. Hisobning asosiy tuzilmasi. Moliyaviy hisob quyidagi asosiy 
tenglikka muvofiq shakllanadi: 
Aktivlar = O‘z mablag‘lari manbalari + Majburiyatlar 
(A= K+ M) 
Boshqaruv hisobi axboroti tuzilmasi va tarkibi uning foydalanuvchilarini 
ehtiyojlariga bog‘liq. Boshqaruv hisobining har qanday tuzilmasi eng avvalo 
xarajatlar, daromadlar va aktivlar kabi kategoriyalarga tayanadi. Bu tuzilmalarni 
qo‘llashda asosiy mezon - zarur axborotning foydaliligidir.
11. Axborotning oshkoralik darajasi. Moliyaviy hisob axborotlari uning 
foydalanuvchilari uchun ochiq hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi 
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 19-moddasiga ko‘ra, mazkur 
axborotlar soliq organlariga, ta‘sis hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga, davlat 
statistika organlariga, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa organlarga taqdim 
qilinadi. 
Boshqaruv hisobi axborotlari ko‘proq maxfiylik xususiyatiga ega bo‘lib, 


18 
ulardan korxona menejerlari, ta‘sischilar va kuzatuv kengashi a‘zolari 
boshqaruv qarorlari qabul qilishda foydalanadilar. Ushbu axborotlar 
korxonaning tijorat siri hisoblanadi. Ular hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga 
berilmaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling