15
umumlashtiradi. Ushbu schetlar tizimi O‘zbekiston
Respublikasi buxgalteriya
hisobining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar moliya-xo‘jalik faoliyatini
schetlar rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma»ga nomli milliy standartiga
asoslanadi. Ushbu schetlar rejasining yangi tahriri O‘zbekiston
Respublikasi
moliya vazirligining 2002 yil 9-sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlangan
va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23-oktyabrda 1181-son bilan ro‘yxatga
olingan.
Boshqaruv hisobi schetlar rejasi esa korxona va uning bo‘linmalari
faoliyati to‘g‘risida strategik boshqaruv qarorlari qabul qilish, byudjetlashtirish,
xarajatlar hisobi va tannarx kalkulyatsiyasini tashkil etish, ―Xarajatlar-ishlab
chiqarish hajmi-foyda‖ tizimi bo‘yicha moliyaviy natijalarni aniqlashni nazarda
tutadi. Mazkur schetlar rejasini amaliyotga
joriy etish ikki razryadli
buxgalteriya hisobi schetlari tizimidan to‘rt razryadli tizimga o‘tish zaruriyatini
keltirib chiqaradi:
a) balans schetlari ya‘ni balans tuzishda ishtirok etuvchi schetlar;
b) operatsion, ―Xarajatlar - ishlab chiqarish hajmi - foyda‖ tizimi bo‘yicha
moliyaviy natijalarni aniqlashda qo‘llaniladigan va boshqaruv buxgalteriyasida
foydalaniladigan schetlar.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida boshqaruv
hisobi schetlar rejasining
Germaniya va Rossiyada muvaffaqiyatli qo‘llanilayotgan tizimlari amal
qilmoqda.
4. Axborotdan foydalanuvchilar. Moliyaviy
hisobni tashqi hisob deb
ham ataydilar. Uning natijalari chop etib boriladi, biroq,
moliyaviy hisobotlar
nafaqat
moliyaviy
axborotlarni,
shuningdek,
korxonalar
faoliyatidagi
muvaffaqiyatlarni, ularning yangi mahsulotlarini namoyish etuvchi reklama
tusidagi axborotlarni ham o‘z ichiga oladi. Moliyaviy
hisob axborotlaridan
foydalanuvchilar, asosan korxonadan tashqarida bo‘ladilar. Ushbu axborot
korxona rahbariyati, davlat organlari, kreditorlar, aktsionerlar, investorlar (
ichki
va tashqi foydalanuvchilar) uchun zarur.
Boshqaruv hisobini, binobarin, ichki
hisob deb atash mumkin. Uning natijalaridan korxona boshqaruvi xodimlari,
16
ta‘sischilar va kuzatuv kengashi a‘zolari foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: