O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


 Qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

2.3. Qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olish
Korxonalarda ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari o‘rtasida 
bilvosita xarajatlarni oqilona taqsimlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, 
mahsulotlarning texnologik turlari bo‘yicha tannarxini to‘g‘ri aniqlash imkonini 
beradi. Bu holat ishlab chiqarilgan mahsulotlarning bahosini shakllantirish 
bo‘yicha korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda ijobiy samara beradi. 
Ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va uni boshqarish xarajatlarini 
quyidagicha tasniflash mumkin: 
1) mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari; 
2) umumishlab chiqarish xarajatlari; 
3) davr xarajatlari. 
O‘zbekistonda yuqoridagi birinchi va ikkinchi bandlardagi xarajatlar 
taqsimot bazasiga mutanosib ravishda mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga 
qo‘shiladi. Davr xarajatlari esa korxonaning moliyaviy natijalari hisobidan 
qoplanadi. 
MDH davlatlarida esa uchchala xarajatlar ham mahsulot tannarxiga kiritiladi 
va schetlar tizimi orqali to‘liq tannarx hosil qilinadi. 
Ushbu xarajatlar umumiy xususiyatga ega bo‘lishi bilan birgalikda, ularning 
xususiy jihatlari ham mavjud: mashina va uskunalarni ishlatish va asrash 
xarajatlari shartli-o‘zgaruvchan bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga 
bog‘liq. Umumishlab chiqarish va davr xarajatlari esa shartli-doimiy xarajatlar 
hisoblanib, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga bog‘liq bo‘lmaydi.
Ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish va uni boshqarish xarajatlarini 
mahsulotlar tannarxiga kiritish orqali tannarx aniqlashning ishlab chiqarish 
bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida va bo‘linmalar darajasida 
taqsimlash kabi usullari mavjud. 
Ishlab chiqarish bilvosita xarajatlarini umumkorxona miqyosida taqsimlash 
usulining mohiyati shundaki, bunda mazkur xarajatlar 2510-«Umumishlab 


35 
chiqarish xarajatlari» schetining debetida yig‘ib boriladi hamda hisobot davri 
oxirida ular yagona taqsimot bazasi asosida mahsulot turlari bo‘yicha taqsimlanadi.
Shuningdek, bu usulning afzalligi uning soddaligi va kam mehnattalabligida 
bo‘lsa, asosiy kamchiligi esa, mahsulotlarning xilma-xil turlari haqiqiy tannarxini 
aniqlash paytida jiddiy xatoliklarga olib kelishidir.
Odatda, boshqaruv hisobi tizimida hisobot davri ichida umumishlab 
chiqarish xarajatlari smetasi tuzilib, unga asosan smetadagi xarajatlar haqiqatda 
erishilgan mahsulot hajmi va haqiqiy xarajatlar bilan taqqoslanib, tuzatilib boriladi.
Umumishlab chiqarish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi 21-conli 
BHMSga binoan tasdiqlangan xarajat moddalariga bo‘lib hisobga olib boriladi va 
korxonada qabul qilingan hisob siyosatiga muvofiq alohida hisob ob‘ektlari 
o‘rtasida taqsimlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-
sonli qarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan) 
bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot
(ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab 
chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat: 

mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari; 

ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy 
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari; 

ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta‘mirlash xarajatlari; 

ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari; 

isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari; 

ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ija-
raga olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari; 

ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish 
haqi; 

ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. 


36 
Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash jarayonida xarajatlarni 
hisobdan chiqariladigan ob‘ektlar tanlanib, aniq tsex, mahsulot, shartnoma turiga 
tegishli xarajatlar tanlab olinadi va yig‘iladi. Bu sharoitda umumishlab chiqarish 
xarajatlarini taqsimot bazasini tanlab olish muhimdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling