21
foydalanuvchilarga taqdim etadilar.
Boshqaruv hisobi esa faqat hisob amallari bilan cheklanmaydi,
balki
boshqaruvning boshqa funktsiyalari hisobiga mohiyati jihatidan ishlab chiqish
hisobini boshqaruv hisobiga aylantiradi.
Boshqaruv va moliyaviy hisob o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini quyidagi
ko‘rinishda taqdim etish mumkin.
1.2-rasm. Boshqaruv va moliyaviy hisobot o‘rtasidagi bog‘liqlik.
Boshqaruv hisobi imkoniyatini ochish uchun boshqaruv
va ishlab chiqarish
hisobi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni kuzatish zarur.
Boshqaruv hisobi taktikasi quyidagilaridan iborat: tashkil etish, hisob,
nazorat, dalillash, avval qabul qilingan qarorlarni
tahlil qilish va moslashtirish,
shuningdek uning ijrosi uchun javobgarlik.
Boshqaruv hisobining strategiyasi uzoq davr mobayonida korxona
taraqiyotini belgilovchi tahlil, taxminlash rejalashtirish
va boshqaruv qarorlarini
muvofiqlashtirish tizimini o‘zida namoyon etadi.
Integratsiya jarayonida hal qiluvchi nuqta xarajatlar va daromadlarni
taqqoslash bo‘lganligi sababli boshqaruv hisobi uchun eng muhimi xarajatlarni va
daromadlarni boshqarish hamda daromadlarga ta‘sir qilish vositasi bilan natijalar
orqali boshqarish bo‘lib qoladi.
Korxonani boshqarish
funksiyalari
Korxonalar boshqarish
funksiyalariga kirmagan
funksiyalar
Buxgalteriya hisobi
Boshqaruv
hisobi
Moliyaviy hisob
Ishlab chiqarish
hisobi