O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Axborotni aks ettirish usullari va yo‘llari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

12. Axborotni aks ettirish usullari va yo‘llari. Moliyaviy hisob 
qiymatda shakllanadigan axborotni o‘z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy 
hisoboti bosh daftardagi barcha schetlar bo‘yicha yakuniy qoldiqlarni o‘z ichiga 
oladi. Moliyaviy hisobda xo‘jalik jarayonlari buxgalteriya hisobining 
hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulyatsiya, schetlar tizimi va 
ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya balansi va hisobot va h.k. usullarida ifoda 
etiladi. Unda moliyaviy hisobot ma‘lumotlari albatta pul birligi ko‘rinishida aks 
ettirilishi zarur. Moliyaviy hisobot ma‘lumotlari bosh daftarning yakuniy 
yozuvlariga mos keladi. 
Boshqaruv hisobida xo‘jalik muomalalarini aks ettirishda ikkiyoqlama 
yozuv usuliga asoslanish shart emas. Mazkur hisob turida ma‘lumotlar har 
qanday o‘lchov birligida hisoblanishi mumkin. Shuningdek, unda moliyaviy 
hisobot shakllari axborotlarining Bosh kitob ma‘lumotlari bilan mos kelishi va 
taqqoslanishi shart emas. 
Boshqaruv axborotini qayd etish va aks ettirishda esa moliyaviy hisob 
usullari bilan birgalikda ekonometrika, statistika, iqtisodiy tahlil usullaridan 
ham foydalaniladi.
13. Axborotlarni o‘lchash. Xo‘jalik jarayonlarini umumlashtirish uchun 
moliyaviy hisobda faqat qiymat o‘lchovi qo‘llaniladi va so‘mlarda ifoda etiladi.
Boshqaruv hisobida esa hisob o‘lchovlarining moddiy, mehnat va qiymat 
kabi barcha turlaridan foydalaniladi.
14. Hisobot tuzishning davriyligi. Moliyaviy hisobot qat‘iy belgilangan 
muddatlarda tuziladi hamda taqdim etiladi. 
Boshqaruv hisobida hisobot har kuni, har hafta va h.k. muddatlarda 
tuzilishi mumkin. Hisobotlarni taqdim etish muddati korxona rahbariyati 
tomonidan belgilanadi. Muhimi, hisobot iste‘molchilarga foydali bo‘lishi va o‘z 


19 
vaqtida taqdim etilishi lozim. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling