39
javobgarlik markazlari menejerlari o‘tgan davr uchun markaz faoliyati
tahlilini o‘tkazishda va kelgusi davrga rejalar (byudjetlar) tuzishda faol ishtirok
etishlari lozim.
Shuningdek, korxonani javobgarlik markazlariga bo‘lishda
tegishli
markazlar rahbarlarining e‘tirozlariga ta‘sir qila oladigan ijtimoiy-psixologik
omillarni hisobga olish lozim.
Boshqaruv hisobida korxona faoliyatini javobgarlik markazlariga bo‘lib
tashkil etish tarmoq xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayoni texnologiyasi va uni
tashkil
etilishi, dastlabki materiallar, ishlab chiqariladigan
mahsulotlar tarkibi,
texnik jihozlanish darajasi va boshqa omillarga bog‘liq.
Korxonani tashkiliy tuzilma doirasida boshqarishni tashkil etishning
chiziqli,
funktsional, chiziqli-funktsional va matritsali shakllarini ajratib
ko‘rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: