13
chiqarish va sotish bilan bog‘liq barcha masalalarni batafsil aks ettirishi lozim.
Boshqaruv va ishlab chiqarish hisobi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni
jadvalda quyidagicha ifodalash mumkin (1.1-jadval).
1.1-jadval
Korxonada ichki xo‘jalik hisobining turlari va ular o‘rtasidagi
aloqadorlik
T/r
Ko‘rsatkichlar
Boshqaruv
hisobi
Ishlab
chiqarish
hisobi
Xarajatlar hisobi va
mahsulot tannarxi
kalkulyatsiyasi
1.
Rejalashtirish
(byudjetlashtirish
+
+
-
2.
Taxminlash (istiqbolni
belgilash)
+
+
-
3.
Ichki (segmentar)
hisob va hisobot
+
-
-
4.
Xarajatlar hisobi va
mahsulot tannarxini
aniqlash
+
+
+
5.
Transfert bahoni
shakllantirish
+
-
-
6.
Istiqbolni belgilash
+
-
-
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, Boshqaruv hisobi ishlab chiqarish hisobidan
kengroq bo‘lib, o‘z ichiga ichki (segmentar)
hisob va hisobot,
transfert bahoni
shakllantirish hamda istiqbolni belgilash kabi hisobning yangi yo‘nalishlarini
qamrab oladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish hisobi esa yuqoridagilardan tashqari quyidagi
ko‘rsatkichlarni ham o‘zida aks ettiradi:
xarajatlar va daromadlarning turlari;
javobgarlik markazlari bo‘yicha harajatlar va daromadlar hisobi;
xarajatlar va daromadlarni hisobdan chiqarish hisobi.
Do'stlaringiz bilan baham: