O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet134/169
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1831721
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169
Bog'liq
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06

12.5-jadval 
Xolding kompaniyalarining afzallik va kamchiliklarini qiyosiy tavsifi 
Afzalliklar 
Kamchiliklar 
Ishlab chiqarishni kooperatsiyala- 
shuvining rivojlanishi 
Turli 
tadbirlar 
bilan 
bog‗liq 
xarajatlarning ko‗pligi 
Aksiyalar bozorida faol qatnashish 
imkoni 
Har bir korxonaning alohida taftish 
qilinishi 
Bozordagi 
raqobatda 
ustunlikka 
erishish
Sho‗‗ba korxonalarining hisobot-larni 
har yili katta xarajat sarflab e‘lon 
qilishga majburligi 


223 
Uzoq 
muddatli 
investitsiya 
dasturlarining amalga oshirilishi 
Monopoliya 
va 
raqobatning 
chegaralanishiga moyillik 
Sarmoyadorlar 
uchun 
alohida 
korxonalarga 
qaraganda 
imtiyoz-
larning ko‗pligi 
Bozorni muayyan segmentlariga egalik 
qilish 
investitsiyalardan 
samarali 
foydalanishga to‗sqinlik qiladi 
Sho‗‗ba 
korxonalari 
o‗rtasida 
raqobatni yumshatish 
Xolding ichidagi raqobatga barham 
berilishi iqtisodiy turg‗unlikka olib 
kelishi mumkin 
Hisob 
yuritish 
va 
moliyaviy 
hisobotning birlashtirilishi 
Oddiy 
aksiyadorlar 
uchun 
ayrim 
masalalarni hal etishning murakkabligi 
Ishlab 
chiqarish 
xarajatlaridagi 
tejamkorlik 
Baho shakllanishining nazorat qilinishi 
mustaqil korxonalarni bankrotlikka olib 
kelishi mumkin 
Resurslarning mobilligini oshirish 
Samarasiz 
korxonalar 
faoliyatining 
qo‗llab-quvvatlanishi 
Malakali xodimlar 
Xolding 
afzalliklaridan 
keng 
foydalanish 
imkoniyatining 
yetish-
masligi 
Mazkur boshqaruvni tashkil etishning muhim elementi bu uning 
tuzilmasidir. Korporatsiyaning tashkiliy tuzilmasiga ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy omillar ta‘sir ko‗rsatadi. Boshqaruvni har xil darajalaridagi 
vakolatlarni taqsimlash boshqaruv jarayonining samaradorligiga sezilarli darajada 
ta‘sir etadi. 
Korporatsiya faoliyatini tashkiliy jihatlari uning maqsadi va strategiyasi 
bilan aniqlanadi.
Maqsad bu - korporatsiyaning kelajakdagi holatidir. Maqsad aniqlangandan 
so‗ng uning strategiyasi ishlab chiqiladi. Korporatsiya o‗z strategiyasini ishlab 
chiqishda moslashuvchan bo‗lishi lozim. Bunda ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarning zamonaviy talablarga javob bermay qolishi, texnologiyalarni 
yangilash zaruratining yuzaga kelishi hollarida korxona mahsulot nomenklaturasini 
takomillashtirish orqali bozordagi o‗zgarishlarga tezda moslashishi zarur. 
Jahon tajribasida korporatsiyani boshqarishda asosan 4 daraja farqlanadi. 


224 
Birinchi darajada korporatsiyani boshqarishning umumiy siyosati ishlab 
chiqiladi. Ikkinchisida esa boshqarish va uni muvofiqlashtirish amalga oshiriladi. 
Uchinchi darajada xizmat ko‗rsatish va maslahatlar berish bo‗linmalari tuziladi.
Korporatsiyani boshqarishning to‗rtinchi darajasi boshqaruv jarayonini 
amalga oshirishga mo‗ljallangan. 
AQSh korporatsiyalarida umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi direktorlar 
kengashi ichki va tashqi a‘zolardan iborat.
Ichki direktorlarga qat‘iy belgilangan ma‘muriy-boshqaruv vazifalarini 
bajaruvchilar kiradi. Ularni, odatda, «boshqaruvchi direktorlar» yoki boshqaruv 
tizimiga mansubligi sababli, «top-menedjerlar» deb ham atashadi.
Tashqi direktorlar - bu aksiyalarning asosiy egalari bo‗lgan boshqa yirik 
firmalar, moliyaviy muassasalarning vakillaridir.
Agar ichki direktorlar muayyan miqdorda maosh olishsa, tashqi direktorlar 
faqatgina kengashning har bir majlisi uchun mukofot olishadi. 
Boshqaruv kengashi tarkibida tashqi direktorlar sonini belgilash va 
ko‗paytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat korxona rahbariyati tomonidan 
uning faoliyatini baholashga haqqoniy yondashish imkonini beradi. Shu sababli, 
Nyu-York fond birjasida kotirovkaga kengash tarkibida kamida uchta, taftish 
komissiyasida esa kamida beshta tashqi direktorga ega bo‗lgan korxonalarning 
aksiyalariga ruxsat etiladi. 
Rivojlangan mamlakatlar korxonalari kuzatuv kengashlari tarkibida 
tafovutlar 
mavjud. 
Bu 
ularning 
vazifalaridagi 
farqlarga 
emas, 
balki 
aksiyadorlarning tarkibi va sonidagi farqlarga hamda tarixiy sabablarga bog‗liq. 
Masalan, AQSh tarixida kuzatuv kengashining tashqi a‘zolari bir vaqtning 
o‗zida boshqa korxonalarning boshqaruvchilari bo‗lishgan edi. Mazkur holat 
hozirgi kunda ham tez-tez uchrab turadi.
AQShda yuqori texnologiyali korxonalarda kuzatuv kengashining tashqi 
a‘zolari ilmiy muassasalarning xodimlari ham bo‗lishi mumkin. Yirik 
korxonalarda ular turli «jamiyatlar»ning a‘zolari hisoblanishadi. Ammo, kuzatuv 


225 
kengashi a‘zolarining uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha korxona 
boshqaruvining a‘zolaridan iborat bo‗lishi talab qilinadi. 
O‗z tarkibida sanoat tuzilmalarini birlashtiruvchi tashqi a‘zolarga ega 
bo‗lgan kuzatuv kengashlarining ustunlik tomonlari shundan iboratki, ular orqali 
korxona boshqaruvini baholashni sanoat sohasida yetarlicha ish tajribasiga ega 
bo‗lmagan kengash a‘zosiga qaraganda muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. 
Kengashning tashqi a‘zolari, shuningdek, boshqaruvni kelgusi rivojlantirish 
borasida ham maslahatlar berishlari mumkin. 
Britaniyada korxona kuzatuv kengashlarining tarkibi ko‗p jihatdan AQSh 
korxonalari amaliyoti bilan o‗xshash, lekin Britaniyada kuzatuv kengashi raisi 
kengashning mustaqil a‘zosi hisoblanadi. Ikkinchidan, kuzatuv kengashida 
korxona boshqaruvining ko‗p a‘zolari ishtirok etishadi. 
Germaniya korxonalarida esa amaldagi qonunchilikka muvofiq, kuzatuv 
kengashi tarkibida korxona boshqaruvining vakillari qatnashmaydi. Bunda faqat 
aksiyadorlar va korxona xodimlari kengashning a‘zolari hisoblanadilar. 
Shuningdek, Germaniyada banklar yirik kompaniyalarning aksiya 
paketlariga egalik qiladi va kuzatuv kengashi tarkibiga kiradi. AQShda banklar 
uchun kompaniyaning aksiyadori bo‗lish taqiqlangan.
Germaniyaning yirik kompaniyalarida 1949 yildan boshlab kengashlarning 
deyarli 50 foizi kompaniyalar xodimlaridan tashkil etiladigan bo‗ldi.
Jahon tajribasidan ma‘lumki, xolding kompaniyalarida biznesni qayta 
tarkiblashni amalga oshirishning istiqbolli yo‗nalishlaridan biri xolding tarkibiga 
bank va boshqa moliya tuzilmalarini kiritgan holda uni moliya-sanoat guruhiga 
aylantirishdir. 
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) moliyaviy, ishlab chiqarish va tovar 
kapitalini qayta ishlab chiqarish, jamg‗arish va uni iqtisodiyotning ustuvor 
sohalariga yo‗naltirishni ta‘minlovchi davlat siyosatini amalga oshirishning muhim 
vositasi hisoblanadi. Ularni tuzish asoslarini «Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‗g‗risida»gi O‗zbekiston Respublikasi 


226 
Qonuni, Moliya-sanoat guruhlari to‗g‗risidagi Nizom, shuningdek, monopoliyaga 
qarshi qonun hujjatlari tashkil etadi. 
MSGda ishtirok etish korxonalarga quyidagi afzalliklarni beradi: 
1. istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun 
investitsiyalarni birlashtirish; 
2. ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish, yangi texnologiyalarni yaratish 
maqsadida ilmiy-tadqiqot bo‗linmalarini saqlab turish uchun zarur resurslarni 
to‗plash; 
3. investitsiyalarni kam rentabelli tarmoqlardan foydali tarmoqlarga 
o‗tkazish imkoniyati; 
4. investitsiyalarni amalga oshirish uchun kredit resurslari bilan ta‘minlash; 
5. bozorni tadqiq qilish, mahsulot va xizmatlarni sotishni yaxshilash uchun 
yagona marketing xizmatini tashkil etish; 
6. yagona ta‘minot xizmatini barpo etish va guruhning barcha korxonalari 
uchun ulgurji xarid qilish orqali ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish 
imkoniyatlarini yaratish va h.k. 
Banklar uchun MSGda ishtirok etishning jozibadorligi ishlab chiqarish 
faoliyatida bevosita ishtirok etish, o‗z navbatida foyda olishning yangi manbalariga 
ega bo‗lish, bank faoliyatini kengaytirish va tabaqalashdan iborat.
Kelgusida MSGga kirishdan pensiya jamg‗armalari, investitsiya va sug‗urta 
kompaniyalari ham manfaatdordir. Bunda zaxiralarni yuqori daromadli aktivlarga 
investitsiya qilish bilan shug‗ullanuvchi nodavlat pensiya jamg‗armalari uchun 
pensiya miqdorini oshirish maqsadi qo‗yiladi.
Investitsiya kompaniyalari omonatchilar jamg‗armalarini jalb etgan holda 
olingan pul mablag‗larini guruhning qimmatli qog‗ozlariga investitsiya qiladi. 
MSGga kiruvchi korxonalarning korporativ qimmatli qog‗ozlarini oldindan 
taxminlash mumkin. Shuning uchun guruhning qisqa va uzoq muddatli investitsion 
loyihalarida ishtirok etish xatari investitsiya kompaniyasi uchun ancha pasayadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling