O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti xasanov boxodir akramovich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Бошқарув ҳисоби қўлланма 2020 й 18.06
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biznes segmenti
- Geografik segment
Takrorlash uchun savollar
1. Transfert bahoga ta‘rif bering. 2. Korxona faoliyatini rivojlantirishda oqilona transfert baho siyosatini ishlab chiqishning zarurati nimada? 3. Transfert baho va xarajatlar o‗rtasida qanday bog‗liqlik mavjud? 4. Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvining qanday o‗ziga xos xususiyatlari mavjud? 5. Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan qiymat yondashuvining qanday afzalliklari bor? 6. Korxonada transfert bahoni belgilash qanday talablar asosida amalga oshiriladi? 7. Transfert bahoni shakllantirish usullariga izoh bering. Transfert bahoni shakllantirishda mahsulotni zararsiz sotilishini belgilash qanday ahamiyatga ega? 239 14-BOB. KORXONA SEGMENTAR HISOBOTI 14.1. Segmentar hisobotning mohiyati, turlari va shakllari Bozor munosabatlari sharoitida biznes segmenti deb ataluvchi yangi atama boshqaruv hisobiga kirib keldi. Biznes segmenti - bu korxonaning ma`lum qismini yoki nisbatan mustaqil bqlinmasini muayyan vakolatlar va mas`uliyat berish maqsadida ajratishdir. Boshqaruv hisobi korxonaning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan tarkib topadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo‘yicha hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993 yildan amal qilib kelmoqda. Unga ko‘ra, segmentlarning ikkita: xo‘jalik va geografik turlari ajratib ko‘rsatiladi. Geografik segment - bu muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta`sirida, ma`lum makonda harakat qiluvchi ajratib qqyilgan komponentdir. Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni ya`ni ko‘pchilik omillarning mos tushishini quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin (8.1.- jadval). O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori bilan kuchga kiritilgan ―Buxgalteriya hisobi to‘g`risida‖gi qonunning 7- moddasida ta`kidlanganki, korxona rahbari hisob va hisobotning ichki xo‘jalik tizimini, xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini, tashqi iste`molchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy hujjatlarning boshqa shakllarini va hokazolarni tashkil etishga majbur. Tashqi iste`molchilar uchun segmentlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan rqyxatga olingan ―Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot‖ nomli O‘zbekiston Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy 240 standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning 96-bandida quyidagilar ta`kidlanadi: ―foydalanuvchi uchun hisob siyosatini g`ritishning o‘ziga xos ustuvorligi ko‘rilganda rahbarlar xo‘jalik yurituvchi sub`ektning tavakkalchiligiga va pul oqimining kelajagini baholash imkoniyatini berishini hisobga olishlari kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling