O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/45
Sana02.06.2024
Hajmi0.74 Mb.
#1840252
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45
Bog'liq
Beton texnologiyasi 1 qism

Ohak. Silikat beton ishlab chiqish uchun, oxirgi yillarda qurilishda keng 
ko’lamda ishlatiladigan bog’lovchi sifatida havoiy ohakdan foydalanilmoqda.
Havoiy ohak - oddiy bog’lovchi, karbonat jinslarni (ohaktosh, mel, 
rakushechnik-chig’anoq, kimyoviy ishlab chiqarish chiqindilari va boshqalar), 
o’rtacha kuydirish usuli bilan olinadi hamda uning tarkibida loytuproqli 
aralashmalar 8% dan ortiq bo’lmasligi talab еtiladi. Qurilishda so’ndirilmagan – 
bu suvsiz kal’tsiy okisidi CaO bo’lib uning asosiy qismini tashkil еtadi, va 
so’ndirilgan, ya’ni so’ndirilmagan ohakni suv bilan birlashishi natijasida olingan 
va asosan kal’tsiy oksidi gidrati Ca(OH)
2
dan tashkil topgan ohaklar qo’llaniladi.
Xavoyi ohakka mineral qo’shimchalar yanchilgan tog’ jinslari yoki ishlab 
chiqarish chiqindilari (domna va yoqilg’i shlaklari, kul, vulqon tuflari, opoklar, 


28 
pemzalar, kvarts qumi, gips toshi) qo’shish mumkin. Sifati bo’yicha tarkibidagi 
aktiv CaO va MgO larni miqdoriga qarab ohak 3 navga (qo’shimchasiz, ohakda 
ularning miqdori tegishli ravishda 90, 80, 70% ga teng kelishi kerak, qo’shimchali 
I va II naviga ohaklarda tegishli ravishda 64, 52% bo’linadi). So’nish tezligiga 
qarab tez so’nadigan ohak (so’nish tezligi 20 min. gacha) va sekin so’nadigan 
ohakka (so’nish tezligi 20 min dan qo’proq) ajratiladi.
Havoda qotadigan ohakli qorishma va betonlarning mustahkamligi katta 
еmas, 28 kunda 0, 5-3 MPa ni tashkil еtadi. Material mustahkamligi avtoklav 
ishlov berishda (175
0
C harorat va 0, 8 MPa bosimda) sezilarli darajada oshirilishi 
mumkin, ohakning to’ldiruvchi kremnezemi bilan o’zaro ta’siri natijasida 
mustahkam gidrosilikatlar hosil bo’ladi. Bu usul avtoklav silikat betonni olish 
uchun qo’l keladi, mustahkamligi 20-50 MPa ni tashkil еtadi (hatto bundan ham 
yuqori bo’lishi mumkin), shuningdek serg’ovak betonni ishlab chiqishda qo’llash 
mumkin. Avtoklav silikat materiallarini olish uchun tarkibida magniy oksidi 5% 
dan ko’p bo’lmagan tez so’nadigan ohakdan foydalaniladi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling