O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
3. Beton tayyorlash uchun ishlatiladigan suv
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. 4. Beton uchun qo’shimchalar
2. 3. Beton tayyorlash uchun ishlatiladigan suv
Beton qorishmasi tayyorlash uchun vodoprovoddagi ichimlik, hamda vodorod ko’rsatkichi rH 4 dan kam bo’lmagan (ya’ni nordon еmas, lakmus qog’ozini qizil rangga bo’yamaydigan) suvdan foydalaniladi. Suv tarkibida sul’fatlar 2700 mg/l va boshqa hamma tuzlar 5000 mg/l dan oshmasligi kerak. Suvni beton qorishmaga yaroqligi to’g’risida shubha paydo bo’lsa, solishtiruvchi tekshiruv namunalarini berilgan suv va oddiy vodoprovod suvi bilan tayyorlab tekshirib ko’rish zarur. Beton qorishmasini tayyorlash uchun dengiz va boshqa sho’r suvdan foydalanish mumkin, yuqorida qo’yilgan talablarga javob bersa bo’ldi. Faqat, uy- joy va ijtimoiy binolar ichki konstruktsiyasini betonlashda, issiq va quruq klimatdagi suv ustidagi temir-beton inshootlarida, , dengiz va shur suvdan 46 foydalanib bo’lmaydi, bu suvdagi tuzlar betonning ustki qismiga chiqib, po’lat armaturani korroziyaga uchratadi. Betonga sepiladigan suv ham beton qorilgan suvdan bo’lishi kerak. 2. 4. Beton uchun qo’shimchalar Beton xususiyatlari, qorishmalarini regulirovka qilish uchun va sementni iqtisod qilishda betonga turli qo’shimchalar aralashtiriladi ularni ikki guruhga bo’linadi. 1-chi guruhga-kimyoviy moddalar, beton tarkibiga oz miqdorda (0, 1-2% sement massasidan) beton qorishimasi va betonning xususiyatini kerakli tomonga o’zgartirish uchun qo’shiladi. 2-chi guruhga-mayda yanchilgan materiallar, beton tarkibiga 5-20% miqdorda va sementi iqtisod qilish yoki sementni oz miqdorda sarf qilib, anchagina zich beton olish uchun qo’shiladi. Mayda yanchilgan qo’shimchalarga kullar, yanchilgan shlaklar, qumlar, toshni maydalashdagi chiqindilar va boshqa materiallar, betonga maxhsus xusisiyatlar beradigan (zichligini oshiradigan, issiqqa chidamli, tok o’tkazuvchanligini o’zgartiradigan, bo’yaladigan va boshqalar) kiradi. Oxirgi vaqtda kimyoviy qo’shimchalardan ko’proq foydalanilmoqda. Bu qo’shimchalar ta’sirining asosiy еffekti bo’yicha tasniflanadi: 1. Beton qorishmasining xususisyatlarini tartibga soluvchi qo’shimchalar: plastiklovchi, ya’ni beton qorishmasining haraktchanligini oshiriruvchi; stabillovchi, ya’ni beton qorishmasining qatlashlanishini oldini oluvchi; suvni saqlab qoluvchi, suv ajratishini kamaytiruvchi; 2. Beton qorishmasining tishlashishi, va betonning qotishini tartibga soluvchi qo’shilmalar; tishlashishni tezlatuvchi, tishlashishni sekinlatuvchi, qotishni tezlatuvchi, salbiy haroratda qotishni ta’minlovchi (sovuqqa qarshi); 3. Beton qorishmasi va betonning zichligi va g’ovakligini tartibga soluvchi qo’shimchalar: havo tortuvchi, gaz hosil qiluvchi, ko’pik hosil qiluvchi, zichlashtiruvchi (havoni chiqaruvchi va beton g’ovaklarini kol’matatsiyalovchi), beton deformatsiyasini tartibga soluvchi, kengaytiruvchi qo’shimchalar; 4. Betonga mahsus xususiyatlar beruvchi qo’shimchalar: gidrofoblovchi, ya’ni betonning namlanishini kamaytiruvchi; korroziyadan saqlovchi, ya’ni agressiv 47 muhitga chidamliligini oshiruvchi, po’lat korroziyasining ingibitorlari, po’latga nisbatan betonni saqlash xususiyatini oshiruvchi; buyovchi; bakteritsid va insektitsid xususiyatini oshiruvchilar. Ba’zi qo’shimchalar ko’p funktsionalli ta’sir qilish, masalan, plastiklovchi- havosuradigan, gazhosil qiladigan-plastiklovchi xususiyatiga еga. Ko’pincha zarur bo’lgan ko’p funktsional еffekti ta’siriga еrishish uchun bir necha komponentlar kiritilgan kompleks qo’shimchalardan foydalaniladi, masalan, beton qorishmasini bir vaqtning o’zida plastiklovchi va betonning qotishini tezlashtiradigan yoki beton qotishni tezlatadigan va ingibirlaydigan ta’sirga еga bo’ladi. Qo’shimchalarning ko’p turliligi va ularni ratsional komplekslash texnolog uchun beton qorishmasi va betonning texnologik xususiyatlarini oshirishga, sement sarfini, еnergiyani, beton va temir-beton konstruktsiyalarini ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirishga imkoniyat beradi. Plastiklashtiradigan qo’shimcha sifatida sirt-faol moddalar (SFM) keng qo’llaniladi, ko’pincha ikkilamchi mahsulotlar va kimyo sanoati chiqindilaridan olinadi. SFM 2 guruhga bo’linadi: Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling