O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Kengayuvchi yoki kirishmaydigan sementlar
Download 0,74 Mb. Pdf ko'rish
|
Beton texnologiyasi 1 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fosfat sementlar
- Kislotaga chidamli sement
Kengayuvchi yoki kirishmaydigan sementlarni suv o’tkazmaydigan beton
tayyorlashda qo’llash mumkin. Bu sementlarning mohiyati sementni qotishida fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida hajmi oshadigan tarkiblarni borligidir. Bunday sementlarning juda kup retseptlari ma’lum, lekin doimiy ishlab chiqarilmaydi (bunday sementlar alohida mahsus maqsadlar uchun ishlab chiqariladi). Oxirgi yillarda betonni qotish jarayonida uning hajm o’zgarishini sozlash uchun kengayuvchi sementlar o’rniga oddiy portlandtsementli qorishma va betonlarga kompleks qo’shimchar kiritilishi qo’llanmoqda. Fosfat sementlarni issiqqa chidamli va boshqa mahsus betonlarni tayyorlashda qo’llash mumkin. Bu sementlarning qotishi ba’zi bir mayin yanchilgan oksidlarning(titan dioksidi, mis, magniy, ruh oksidi va boshqalar) va fosfor kislotasining mahsus tarkibining o’zaro ta’siri hisobiga ro’y beradi. Bunday sementlar yuqori mustahkamlikka еgadirlar, yuqori darajali issiqqa chidamli, lekin tarkibining turiga qarab mahsus qotish tartibini talab qiladi, chunki noto’g’ri texnologiyalarda betonda sezilarli darajada nosoz holat rivojlanishi mumkin, masalan materialning oxirgi pishiqligini pasaytiruvchi massani ko’payishi mumkin. 27 Kislotaga chidamli sement - kislotaga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan. U sinchiklab aralashtirilgan mayda kvarts qumi va kremniyftorli zichligi 1, 32-1, 5, bog’lovchi xususiyati natriydan tashkil topgan. Bu sementni suyuq shishada, ya’ni natriy yoki kaliy silikatini Na 2 OnSiO 2 ; K 2 OnSiO 2 kalloidli qorishmasi bilan qorishtiriladi. Kerak bo’lgan konsistentsiya(quyuqlik)ga еrishish uchun suyuq shishaga suv qo’shib suyultiriladi. Suyuq shisha karbonat angidrit gazi ta’sirida qurishi va amorf kremnezem ajralishi oqibatida havoda qotadi. Suyuq shisha qotishini tezlatish va sement toshining zichqligini oshirish uchun kislotaga chidamli sementdan foydalaniladi. Uning tarkibiga kiradigan kremniyftorli natriy qotish katalizatori hisoblanadi va qotgan materialni kislota va suvga chidamliligini oshiradi. Kremniyftorli natriy qo’shimcha еriydigan shishaning massasiga nisbatan 12-15% ni tashkil еtishi kerak. So’nggi yillarda kelgusida sementning xususiyatlarini yaxshilash bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Qo’shimchali krentlar (kristallizatsion komponentlar) sement ishlab chiqarish kashf еtilmoqda va joriy qilinmoqda, natijada sementning mustahkamligi 5-15% ga oshib(o’rtacha 10 MPa), sovuqqa va sul’fatga chidamliligi yaxshilanmoqda. Shuningdek sul’foalyuminat klinneri asosida tez qotadigan va yuqori mustahkamlikka (bir kundan keyin 40-50 MPa) еga bo’lgan sementlar ishlab chiqilmoqda. Download 0,74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling